Anvar ( — eng nurli) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Nur sochuvchi; yorugʻ va porloq maʼnolarini anglatadi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Davlat va jamoat arboblari
Anvar Ikromov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi; Anvar Jabborov — oʻzbekiston madaniyat vaziri (2009-2012); Anvar Joʻraboyev — oʻzbek jurnalisti, tarixchisi va siyosatchisi;
Fan arboblari va olimlar
Anvar Abdushukurov — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor; Anvar Alimov — oʻzbek shifokori va davlat arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Anvar Aʼzamxoʻjayev — taniqli o‘zbek huquqshunos olimi va jamoat arbobi; Anvar Hojiahmedov — adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor;
Sanʼatkorlar
Anvar Ergashev — oʻzbek bastakori va dirijyori, pianinochi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist; Anvar Gʻaniyev — oʻzbek aktyori va xonandasi; Anvar Ilhomov — naqqosh, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi; Anvar Joʻrayev — oʻzbek rok qoʻshiqchisi;
Sportchilar
Anvar Abduqodirov — oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi; Anvar Anvarov — oʻzbekistonlik yengil atletikachi; Anvar Asadullayev — sovet va tojik futbolchisi; Anvar Berdiyev — oʻzbek futbolchisi; Anvar Boynazarov — oʻzbek muay-tay kikbokschisi va aralash yakkakurash ustasi; Anvar Gʻofurov — oʻzbek futbolchisi; Anvar Jabborov (futbolchi) — o‘zbek futbolchisi va murabbiyi;
Yozuvchilar
Anvar Chingizoʻgʻli — Ozarbayjon yozuvchisi, tarixchi va jurnalist;
Boshqalar
Anvar Abutolibov — Sovet Ittifoqi Qahramoni, Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi desanti; Anvar Azimov — rossiyalik taniqli diplomat;
Yana qarang
Anvarov Anvarova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari Turkum:Arabcha erkaklar ismlari