Yeni masjidi (, , ) Shimoliy Makedoniyaning Bitola shahrida joylashgan. U 1558-yilda Qozi Mahmud afandi tomonidan qurilgan. Masjid oʻzining ajoyib dekorativ bezaklari va stalaktitlari bilan mashhur. Yangi masjidda topilgan sirlangan bezak buyumlari mamlakatdagi yagona namunadir. Bugungi kunda ushbu masjidda sanʼat galereyasi ham ochilgan. Yeni soʻzi turkchada „yangi“ degan maʼnoni anglatadi.
Tarixi Mahalliy afsonalarga koʻra, masjid bir vaqtlar Avliyo Georgega bagʻishlab qurilgan cherkov oʻrnida qad rostlagan Bu 2004–2010-yillarda Gordana Filipovska Lazarovska boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishma ishlarida ham tasdiqlangan. Masjid qurilgan poydevorda toʻrtta bazilika va eski masjidning poydevorini topilgan.
Hozirgi masjid binosi 1558–1559-yillarda Sulton Sulaymon I davrida qozi Mehmed afandi buyrugʻi bilan qurilgan. Binoning arxitekturasi Bitolaning asosiy masjidi Is’hoq Chalabiy masjidiga oʻxshab ketadi.
Yana qarang
Mustafo posho masjidi Manbalar