Manchester markaziy masjidi va Islom madaniyat markazi (shuningdek, Viktoriya park masjidi nomi bilan ham tanilgan) – Angliyaning Manchester shahridagi masjid. Baʼzan Jome masjidi deb ham ataladi. U Viktoriya Park markazida, „Curry Mile“ yaqinida joylashgan. Bu masjid Manchester musulmon jamoasida muhim rol oʻynaydi. Masjidning sobiq imom va xatiblari – Hofiz Muiniddin Axtar va Qori Hafiz Javid Axtar boʻlib, ular 2018-yilda masjidni tark etishgan. Qori Javid Ramazon oyida taroveh namozlariga ham imomlik qilgan.
Masjid dastlab yonm-yon qurilgan qoʻshni uylar oʻrnida joylashgan. Ulardan biri 1900-yillarning boshidan beri Manchestarda faoliyat yuritgan Suriyalik toʻqimachilik savdogarlariga, ikkinchisi esa asosan Rusholme va Longsight yaqinidagi hududlarda yashovchi osiyolik jamoaga tegishli edi[ iqtibos kerak ].
1971 yilda „Jamiat-ul-Muslimeen“ (Manchester) tashkiloti Viktoriya parkida maxsus masjid qurish ishlarini boshlagan. Ikki qoʻshni uy buzib tashlanib, hozirgi koʻrinishdagi „yangi uslubdagi“ masjid barpo etilgan. Keyingi yillar davomida masjid bir necha marta kengaytirilib, qayta taʼmirlandi.
Ushbu masjid Hindiston yarimorolining Barelviylik mazhabi taʼlimotiga amal qiladiScantlebury, Elizabeth. 1995. „Muslims in Manchester: The Depiction of a Religious Community.“ New Community 21(3): 427..
Yana qarang
Angliyada Islom Barelvi harakati Britaniya musulmonlari forumi
Manbalar
Havolalar
Jamia Masjid Manchester rasmiy veb-sayti Faiz va Islom
Turkum:Manchestrdagi masjidlar