Hayya Kabira () Suriya shimolida joylashgan qishloq. Maʼmuriy jihatdan Halab muhofazasi tarkibiga kiradi. Halab shimoli-sharqida, Furot daryosi janubida joylashgan. Gʻarbda okrug maʼmuriy markazi Manbij, janubda esa Abu Qilqil bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Hayya Kabira aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004 . Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Aleppo Governorate. Archived at. . Qishloq aholisi turkmanlardan iborat.

Suriya fuqarolar urushi davrida IShID qoʻliga oʻtgan qishloq 2016-yil 6-iyunda Manbij harbiy kengashi boshchiligidagi amaliyotlar natijasida Suriya Demokratik kuchlari tomonidan qayta egallangan. Xavfsizlikni hamon Manbij harbiy kengashi ta’minlayotgan boʻlsa-da, 27-sentyabr kuni mahalliy boshqaruv va jamoat xizmatlarini yuritish uchun maxsus kengash tashkil etildi. Bu kengash sogʻliqni saqlash, magistral xizmatlar hamda bolalar, yoshlar va oila masalalari boʻyicha xizmatlarni oʻz ichiga olardi. Kengashda bir qancha maslahatchilar, shuningdek, ikkita bosh ijrochi direktor va uchta ijrochi direktor oʻrinbosarlari mavjud. Manbalar

Turkum:Manbij okrugi aholi punktlari Turkum:Halab muhofazasidagi turkman aholi punktlari