Parashqevi Qiriazi (Paraskevi D. Kyrias; 1886-yil 27-mayda tugʻilgan – 1970-yil 17-dekabrda vafot etgan) – Qiriazi oilasiga mansub alban oʻqituvchisi boʻlib, hayotini alban alifbosi hamda yozma alban tilini oʻqitishga bagʻishlagan. Albaniya alifbosining shakllanishiga bagʻishlangan Manastir Kongressida ishtirok etgan. Shuningdek, Yll' i Mengjesit ayollar uyushmasi asoschisi. 1919-yilda Parij tinchlik konferensiyasida Albaniya-Amerika hamjamiyati vakili sifatida ishtirok etganToska, Teuta. Parashqevi Qiriazi dhe viti i saj 1919. Tirana: ISSHP, 2020, . 1891-yilda Korçada qizlar uchun moʻljallab ilk marotaba ochilgan Albaniya maktabining direktori Sevasti Qiriazining singlisi.

Biografiyasi Parashqevi Qiriazi Usmoniylar imperiyasi tarkibidagi Manastir viloyatining Monastir shahrida (hozirgi Bitola, Shimoliy Makedoniya) tugʻilgan. Atigi 11 yoshida akasi Gjerasim Qiriazi va opasi Sevasti Qiriaziga Albaniyada ochilgan birinchi Qizlar maktabi (albanca: Shkolla e Vashave)da qizlarga yozma alban tilini oʻrgatishda yordam bera boshlagan. Ushbu maktab 1891-yil 15-oktyabrda ochilgan.

Keyinchalik Parashqevi Konstantinopoldagi Amerika qizlar kollejida taʼlim olgan. Maktabni bitirganidan soʻng opasi Sevasti bilan birga Korçëga borgan va u yerda 1887-yilda ochilgan birinchi alban maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

1908-yilda Monastir Kongressida ishtirok etgan Qiriazi ushbu Kongressdagi yagona ayol edi.

1909-yilda u boshlangʻich maktablar uchun alifbo kitobi abecedariumni nashr etgan. Garchi Manastir Kongressi yangi alifbo boʻyicha qaror chiqargan boʻlsa-da, Qiriazining abecedariumida alifboning ikkita talqini mavjud edi. Bu esa Kongressda erishilgan kelishuvning hali ham mustahkam boʻlmaganligini koʻrsatadi. Shunga qaramay, Qiriazi abecedarium bilan birga yangi alban alifbosini himoya qilishga bagʻishlangan mashhur sheʼrlarini ham chop etgan.

Manbalar

Turkum:Albaniyalik ayollar huquqlari faollari