Musulmonlarning Xurosonga istilosi yoki Arablarning Xurosonni bosib olishi arab Roshidun xalifaligining Sosoniylar imperiyasiga qarshi ogʻir urushlarining soʻnggi bosqichlaridan biri edi.
Tarixi 642-yilda Sosoniylar imperiyasi deyarli butunlay qulab tushdi va Erondagi deyarli barcha hududlar bosib olindi, faqatgina Xurosonning ayrim qismlarigina Sosoniylar qoʻlida qolgan edi. Xuroson Sosoniylar imperiyasining ikkinchi yirik viloyati boʻlib, hozirgi Eronning shimoli-sharqiy, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlarini oʻz ichiga olgan. Uning poytaxti hozirgi Afgʻonistonning shimolidagi Balx shahri edi. 651-yilda Sosoniylar hukmdori Yazdigard III Marv marzboni (noibi yoki hokimi) Mahuy Suriy tomonidan oʻldirilganidan soʻng, Tabariston musulmon arablar tomonidan bosib olingan.
Manbalar
Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:651 Turkum:Oʻrta asrlar Xurosoni