Kulsum Begim masjidi (Kulsumpura masjidi yoki Karvon jome masjidi nomi bilan ham mashhur) Hindistonning Telangana shtati, Haydarobod shahridagi Karvon mahallasida joylashgan masjiddir. U XVII asrda Sulton Muhammad Qutbshohning qizi Kulsum Begim tomonidan qurdirilgan.

Arxitekturasi Meʼmoriyat shahardagi boshqa Qutbshohi masjidlariga juda oʻxshaydi. balandlikdagi poydevorga qurilgan masjidning old tomonida uchta arkali kirish joyi mavjud. Old fasadni qoʻllab-quvvatlovchi ikkita minorasi gips (stukko) bilan qoplangan va bezatilgan. Bundan tashqari, parapet devorida ikkita kichik arkali ayvon joylashgan.

Masjid qurilishining aniq sanasi haqida hech qanday maʼlumot mavjud emas.

Yana qarang

Hindistonda Islom Telanganadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar