Muhammadrizo Shajariyon (; 1940-yil 23-sentyabr – 2020-yil 8-oktyabr) – Eronning mashhur mumtoz qoʻshiqchisi, kompozitor va fors musiqasi ustasi edi. Fors mumtoz musiqasining eng buyuk namoyondasi deb tan olingan. Shuningdek, fors xattotligi sohasidagi isteʼdodi bilan ham mashhur boʻlgan. Tarjimai holi Mashhadda tugʻilgan. 5 yoshida otasi rahbarligida qoʻshiq aytishni boshlagan. 12 yoshida oilasining roziligisiz anʼanaviy radiflarni oʻrgana boshlagan. Dindor otasi qoʻshiqchilik faoliyatini maʼqullamagan, shuning uchun Muhammad oʻziga „Siyovush Bidokoniy“ taxallusini tanlagan, ammo keyinchalik oʻzining haqiqiy ismiga qaytgan. Mehnat faoliyatini 1959-yilda Xuroson radiosida boshlab, 1960-yillarda shuhrat qozongan. Shundan soʻng Tehron universitetining sanʼat fakultetiga oʻqituvchi lavozimiga qabul qilingan. Unga bir qator taniqli eronlik qoʻshiqchilar taʼsir koʻrsatgan. 2012-yilda bergan intervyusida Jalil Shahnoz Muhammadga eng katta taʼsir koʻrsatganini aytib oʻtgan. Shajariyon hayoti davomida 19 ta albom yaratgan. Siyosatda
„Bidoyad“ albomida goʻzal maskanning kushxonaga oʻxshab borayotgani haqida soʻz yuritilgan. 2012-yilda Sakramentoda bergan suhbatida bu soʻzlarni Islom inqilobidan soʻng Erondagi tuzumni tasvirlash uchun tanlaganini taʼkidlagan. Shuningdek, oʻzining „Eron, umid mamlakati“ qoʻshigʻini radio va televideniyeda efirga uzatishni toʻxtatishni talab qilgan, chunki bu qoʻshiq mamlakatdagi hozirgi vaziyatga umuman aloqasi boʻlmagan. Mukofotlari EMRTning Oltin kubogi (1977) Oltin Pikasso medali (1999) Eng yaxshi anʼanaviy jahon musiqiy albomi uchun Grammy mukofotiga nomzod (2004, 2006) Nushin medali (2008) YuNESKOning Motsart medali (2006)روزنا Retrieved 23 January 2007. NPRning 50 great voices roʻyxatiga kiritilgan (2010) Fransiyaning Faxriy legion ordeni (2014) „Xizmatlari uchun“ ordeni (2014)وقتی شجریان، شوالیه فرانسوی ها شد +تصاویر Ogʻa Xon madaniyat tresti (2019) Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayti
Turkum:Eronlik estrada xonandalari