Muhammad Hayyat as-Sindiy (; 1750-yil 3-fevralda vafot etgan) – Usmonlilar imperiyasi davrida yashagan islom olimi. Tasavvufning naqshbandiya tariqatidan ediJohn L. Esposito (edited by), The Oxford Dictionary of Islam, Oxford University Press (2004), p. 296.

Taʼlim As-Sindhiy hozirgi Pokistonning Sind viloyatida tugʻilgan. Ilk taʼlimini shu yerda olgan. Keyin Madinaga hijrat qilib, Ibrohim al-Kuroniy va uning oʻgʻli Muhammad Tohir al-Kuroniy bilan taʼlim oldi. Bu yerda u naqshbandiya tariqatiga kirishgan.

Taniqli talabalari Uning shogirdlaridan biri Muhammad ibn Abdulvahhob boʻlib, u bilan hijriy 1136-yilda tanishgan. Abdulloh ibn Ibrohim ibn Sayf uni Hayyat as-Sindiy bilan tanishtirgan. Sindiy Ibn Abd al-Vahhobning teologik qarashlarining shakllanishiga va uning islohotchilik gʻoyalariga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Qarashlari Hanafiy mazhabida taʼlim olgan boʻlsa-da, hanbaliy mazhabining olimi ham edi. As-Sindiy 18-asrda hadis ilmlariniqayta jonlantirgan katta alloma sanaladi. Sindiy oʻzining barcha risolalarida ijtihod amaliyotiga rioya qilishning zarurligini taʼkidlagan, taqlidni qoralagan, salaf as-Solih taʼlimotlarini qayta tiklashga chaqirgan va hadislarning oʻtmishdagi fiqhiy qarashlardan ustunligini asoslab bergan. Manbalar

Turkum:1750-yilda vafot etganlar Turkum:Naqshbandiya tariqati Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Mujaddidlar Turkum:18-asr olimlari Turkum:Musulmon islohotchilari