„We Still Don't Trust You“ – amerikalik repper Future, amerikalik prodyuser Metro Boomin va kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd ijro etgan qoʻshiq. U 2024-yil 19-aprelda Future va Metro Boominning xuddi shu nomdagi hamkorlikdagi albomidan asosiy singl sifatida Italiya radiolariga yuborildi. Uning rasmiy musiqiy videosi olti kun avval, yaʼni albom chiqqan kunning ertasiga chiqarilgan boʻlib, unda kanadalik model Winnie Harlow ishtirok etgan.

Tanqidiy qabul Billboard nashri vakili Michael Saponara „We Still Don't Trust You“ni shu nomdagi albomdagi eng yaxshi qoʻshiq deb baholadi. Saponaraning taʼkidlashicha, ushbu trek nozik baraban tovushlari va EKG yurak monitoriga oʻxshash piqillovchi ovozdan iborat. Future kirish soʻzini qayta-qayta takrorlar ekan, The Weeknd vahimali ohangdagi ovoz bilan qoʻshiqqa kirib keladi.

Sputnikmusic nashridan Dakota West Foss bu qoʻshiqning ohangini The Weekndning beshinchi studiyaviy albomi – Dawn FM (2022) ga qiyoslab, qoʻshiq albom mualliflari – Future va Metro Boominning uslublariga mutlaqo mos emasdek tuyilishini, ammo bu tanqid emas, balki maqtov ekanini taʼkidladi.

Mukofotlar MukofotYilNominatsiyaNatijaGrammy Awards2025Best Melodic Rap Performance

Chartlar +„We Still Don't Trust You“ning chartlardagi oʻrniChart (2024)Eng yuqorioʻrin (ARIA)66 Hip Hop/R&B (ARIA)12 (IFPI)15 (IFPI)18 (IRMA)57 (AGATA)25 (IFPI)16Hot Singles (RMNZ)5 Heatseeker (Sverigetopplistan)12

Sertifikatsiya +„We Still Don't Trust You“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarKanada (Music Canada)Oltin40,000

Manbalar

Turkum:2024-yil qoʻshiqlari Turkum:2024-yil singllari Turkum:Future qoʻshiqlari Turkum:Metro Boomin qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Republic Records singllari