right|thumb|302x302px|IX asrda Abbosiylar xalifaligi davrida Suriya (Bilod ash-Shom) va uning viloyatlari Jund Dimashq () Umaviylar va Abbosiylar xalifaligi davrida Suriya hududi boʻlinib, uning oʻrnida tashkil etilgan sub-viloyatlar (ajnad, birlikda: jund) orasida eng kattasi boʻlgan. Oʻz nomini poytaxt va eng yirik shahar hisoblanmish Damashq (Dimashq) shahridan olgan. Damashq shahri, shuningdek, Umaviylar davrida ham xalifalikning poytaxti boʻlgan.

Noiblar

Umaviylar davri

Dahhok ibn Qays al-Fihriy (661–680; xalifa Muoviya I davrida noiblik qilgan). Abdurahmon ibn Ummu al-Hakam as-Saqafiy (685–705-yillardagi xalifa Abdulmalik hukmronligi davrida noiblik qilgan, biroq aniq yillari nomaʼlum). Abdulaziz ibn al-Volid (noiblik davri nomaʼlum, 705–715-yillarda otasi xalifa al-Volid I davrida noiblik qilgan). Muhammad ibn Suvayd ibn Kulsum al-Fihriy (715–720-yillar, Dahhok ibn Qaysning qarindoshi boʻlib, xalifa Sulaymon ibn Abdulmalik davrida noiblik qilgan va nomaʼlum muddat davomida xalifa Umar II davrida ham vazifasini davom ettirgan). Dahhok ibn Abdurahmon al-Ashʼariy (717–720-yillarda xalifa Umar II hukmronligi davrida noiblik qilgan, biroq aniq yillari nomaʼlum). Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Utba al-Fihriy (720–724-yillar davomida xalifa Yazid II davrida noiblik qilgan, biroq aniq yillari nomaʼlum). Volid ibn Talid al-Murriy (720–732 yillarda xalifa Yazid II davrida noiblik qilgan, biroq aniq yillari nomaʼlum. Xalifa Hishom ibn Abdulmalik tomonidan 732-yilda yana qayta Mosul noibi etib tayinlangunga qadar ushbu vazifani davom ettirgan). Hakam ibn Volid ibn Yazid ibn Abdulmalik (743–744-yillar, otasi xalifa Al-Volid ibn Yazid davrida noiblik qilgan). Abdusamad ibn Muhammad ibn al-Hajjoj (743–744-yillar, Hajjoj ibn Yusufning nabirasi, Hakam ibn Volidning oʻrinbosari sifatida xizmat qilgan).

Manbalar

Turkum:Umaviylar xalifaligining harbiy harakatlari tarixi