Siddiqa Fotima Zuhro masjidi () – Quvaytning Quvayt xalqaro aeroporti yaqinidagi Dahiya Abdulloh Muborak jamoasida joylashgan masjid.
Qurilishi va meʼmorchiligi Qurilish ishlari 2008-yil fevralda boshlangan va 2011-yil iyunida yakunlangan. Umumiy maydoni 3200 kvadrat metr boʻlib, 3500 erkak va alohida joyda 500 ayol namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Binoda balandligi 33 metr boʻlgan 4 ta minora va diametri 16 metr, balandligi 22 metrli gumbaz mavjud. Erondan olib kelingan marmar ustida eronlik va hindistonlik ustalar 8 oy davomida kechayu kunduz ishlashgan. Masjid „Dor Tohir Consultants“ tomonidan Misrlik muhandis Haniy va Pokistonlik dizayner Anvarning loyihasi asosida Toj Mahal uslubida ishlab chiqilgan.
Yana qarang Habib al-Kozimiy
Manbalar
Turkum:Quvaytdagi masjidlar