Mihaela Valentina Cambei (2002-yil 18-noyabrda tugʻilgan) – ruminiyalik ogʻir atletikachi. U Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2023-yilda Armanistonning Yerevan shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u 2024-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan Yevropa chempionatida ham oʻz vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgan.

Hayoti va faoliyati 2018-yilda Cambei Buenos-Ayres (Argentina) shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida 48 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2019-yilda u Buxarest (Ruminiya) shahrida tashkil etilgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa oʻsmirlar va U23 chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida siltab koʻtarish, dast koʻtarish hamda umumiy hisobda kumush medalga sazovor boʻldi.

2021-yilda Cambei Moskva (Rossiya) shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Toshkent (Oʻzbekiston) shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ushbu toifada kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2022-yilda u Durrës (Albaniya) shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa oʻsmirlar va U23 chempionatida oʻz vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Cambei 2022-yilda Bogota (Kolumbiya) shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida siltab koʻtarish dasturida kumush medal sohibi boʻldi. 2023-yilda u Yerevan (Armaniston) shahrida oʻtkazilgan Yevropa chempionatida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida oltin medalni, shuningdek siltab koʻtarish va dast koʻtarish dasturlarida ham oltin medallarni qoʻlga kiritdi. U 2023-yilda Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida siltab koʻtarish dasturida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2024-yil avgust oyida Cambei Parij (Fransiya) shahrida oʻtkazilgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi 49 kg vazn toifasida ishtirok etdi. U siltab koʻtarishda 93 kg koʻtarib dastlabki natijalarga koʻra birinchi oʻrinni egalladi. Dast koʻtarishda esa 112 kg natija bilan Xitoy vakili Xu Chjixuydan 1 kg kam natija koʻrsatib, ikkinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar

Havolalar Mihaela Cambei at the International Weightlifting Federation Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Ruminiyalik ogʻir atletikachilar