Lajin (; qirollik paytidagi ismi: Al-Malik al-Mansur Husomiddin Lajin al-Mansuriy; ) – 1296—1299-yillarda Misr mamluk sultoni boʻlgan. Asli yunonlik boʻlgan Lajin, Qolavunning mamlugi edi va Qalavunning oʻgʻli Sulton al-Ashraf Xalilni oʻldirishda ishtirok etgandi. U Sulton al-Adil Kitbugʻani ham oʻldirishga uringan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Kitbugʻa oʻz hayotidan xavotirlanib, Lajinga xabar yuborib, uning sulton boʻlishi uchun taxtdan voz kechishga tayyorligini bildirgan. Lajin bu taklifni qabul qilib, al-Mansur Husomiddin unvoni bilan sulton boʻlgan, Kitbugʻaga esa Levant hududida mulk inʼom etilgan.

Manbalar

Sultan Lajin - History Avenue Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:1299-yilda vafot etganlar Turkum:13-asr Mamluk sultonlari Turkum:Bahriy sultonlar