Wilhelmina „Mina“ Karadžić-Vukomanović (; 1828-yil 12-iyulda tugʻilgan – 1894-yil 12-iyunda vafot etgan) – Avstriyada tugʻilgan serb millatiga mansub rassom va yozuvchi.
Hayoti thumb|Dimitrije porttreti|left|201x201px thumb|Chernogoriya|left|207x207px Karadžić 1828-yil 12-iyulda Avstriyaning Vena shahrida Vuk Stefanović Karadžić va venalik Ana Maria Kraus olasida dunyoga kelgan. Oilada yettinchi farzand boʻlgan. Yoshligidanoq puxta taʼlim olgan, dastlab nemis tilida oʻqish va yozishni oʻrgangan, keyinchalik fransuz, italyan, serb va ingliz tillarini ham oʻzlashtirgan. U avstriyalik rassom Fridrich Schilcherdan qoʻl ostida tasviriy sanʼat boʻyicha tahsil olgan, shuningdek, Vena, Venetsiya, Drezden va Berlin shaharlaridagi turli galereyalarda oʻz bilim va mahoratini oshirgan.
Rassomchilik Mina Karadžićning rassomlik ijodi ikki davrga boʻlinadi, birinchi davri klassitsizm taʼsirida, ikkinchi davri esa romantizm taʼsirida shakllangan.
Yozuvchilik 1850-yillarning boshlarida Karadžić serb xalq qoʻshiqlari toʻplamini nemis tiliga tarjima qilish ustida ishlagan. Ushbu toʻplam 1852-yilda Ludwig August fon Frankl tomonidan „Gusle, Serbische Nationallieder“ nomi bilan yakuniga yetkazilgan va nashr etilgan. 1854-yilda esa Karajić otasi Vuk tomonidan toʻplangan serb xalq ertaklari va maqollarining nemis tilidagi tarjimasi boʻlgan „Volksmärchen der Serben“ ()nichop ettirgan. Kitobga mashhur tilshunos Jacob Grimm kirish soʻzini yozgan.
1858-yilda Karadžić Belgraddagi Avliyo Michael soborida Aleksa Vukomanović bilan turmush qurgan. 1859-yilda ularning Janko Vukomanović ismli oʻgʻli dunyoga kelgan. Afsuski, bola uch oylik boʻlganida Karadžićning eri kasallik sababli vafot etgan.
Karadžić 1894-yil 12-iyunda 65 yoshida Vena shahrida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1828-yilda tugʻilganlar Turkum:12-iyulda tugʻilganlar Turkum:Avstriyada tugʻilganlar Turkum:Venada tugʻilganlar Turkum:1894-yilda vafot etganlar Turkum:12-iyunda vafot etganlar Turkum:Avstriyada vafot etganlar Turkum:Venada vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Rassomlar