Abu Abdulloh Shurahbil ibn Hasana () – islomni birinchilardan boʻlib qabul qilganlardan biri, sahoba. Roshidun xalifaligining Shomni zabt etish yurishlarida ishtirok etgan.
Yoshlik yillari Otasi Abdulloh ibn Mu’ta ibn Amr arablarning Kinda qabilasiga mansub boʻlgan. Shurahbil onasi Hasananing nomi bilan atalgan. Onasining keyingi nikohlari orqali Makkaning Quraysh qabilasiga mansub Zuhra va Juma qabilalari bilan qarindoshlik rishtalari bogʻlangan. Shurahbil islomni birinchilardan boʻlib qabul qilganlardan biri hisoblanadi. Quraysh mushriklarining tazyiqidan qochib, Makka shahridan Habashistonga musulmonlarning ikkinchi hijratida ishtirok etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Roshidun xalifaligi generallari Turkum:571-yilda tugʻilganlar Turkum:Sahobalar Turkum:639-yilda vafot etganlar