Irzayev Bahrom Shaymamatovich (1977-yil 13-may, Samarqand viloyati, Nurota tumani) — tarixchi, Doʻstlik ordeni sohibi. Biografiyasi Taʼlimi Bahrom Irzayev 1994—1999-yillarda Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. 1998—2001-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi akademik litseyda tarix oʻqituvchisi boʻlib faoliyat yuritgan. 2001—2003-yillarda Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida tahsil olgan. Faoliyati 2003-yil shu universitetning Umumiy va yangi tarix kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 2005—2006-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Olmazor akademik litseyida, 2006—2011-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda, 2011-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida faoliyat yuritib kelmoqda. Bahrom Irzayev tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori. U Turkistonda jadidchilik harakatiga oid bir qancha ilmiy izlanishlar olib borgan.

Bahrom Irzayev 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan Doʻstlik ordeni bilan taqdirlagan.

Manbalar

Adabiyotlar Havolalar BAHROM IRZAYEV l 1 O'zbekiston tarixi Mustaqillik ostonasida | Bahrom Irzayev Muammolarimiz hamon jadidlarnikiga juda o‘xshash — Bahrom Irzayev O'zbekiston tarixi | Bahrom Irzayev Milliy matbuot tarixi, 72 kun yashagan Turkiston muxtoriyati va ziyolilar qatag’oni haqida Turkiston muxtoriyatida maorif vaziri bo‘lgan Nosirxon to‘ra haqida nimalarni bilamiz? Бахром Ирзаев новые пытки, журнал Безбожники, отношение к Фитрату и Ботуга. Bahrom Irzayev: Millatlar birlashgandagina qudrat hosil qiladi Ozodlik 70 yoshda. Tarixchi olim Bahrom Irzayev bilan suhbat

Turkum:Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbek tarixchilari