Stoyanka Mutafova (; 1922-yil 2-fevralda tugʻilgan – 2019-yil 6-dekabrda vafot etgan) – bolgar aktrisasi. Faoliyati davomida 53 dan ortiq spektakl va 25 ta filmda rol ijro etgan.
„Queen of Bulgarian comedy“ spektaklidagi ijrosi uchun „Tabiiy ofat xonim“ laqabini olgan. Shuningdek, „Bolgariya komediyasining qirolichasi“ sifatida ham tanilgan. Mutafova eng uzoq muddat davomida faol ijod qilgan aktrisa sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 2016-yilda 94 yoshida AQSh, Kanada, Gollandiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya va Germaniyaning yirik shaharlariga gastrol safarlarini amalga oshirgan.
Biografiyasi Stoyanka Mutafova 1922-yil 2-fevvralda Bolgariyaning Sofiya shahrida tugʻilgan. Sofiya universitetini klassik filologiya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Keyinchalik Bolgariya va Pragadagi teatr maktablarida aktyorlik mahorati boʻyicha taʼlim olgan. 1949-yildan 1956-yilgacha „Ivan Vazov“ xalq teatrida bir nechta spektakllarda rol ijro etgan. 1957-yilda Aleko Konstantinov nomidagi teatrga asos solgan va 1991-yilga qadar ushbu teatrda faoliyat yuritgan. 2005-yilda Mutafova taniqli aktyor Georgi Kaloyanchev bilan birga „The Astronauts“ nomli spektaklda rol oʻynagan.
Stoyanka Mutafova 2019-yil 6-dekabrda 97 yoshida oʻt pufagida nekroz oqibatida kelib chiqqan sepsis va pnevmoniya kasalligidan vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
Stoyanka Mutafovaʼs obituary
Turkum:Bolgariyalik aktrisalar