Abu-Mansuriy Shohnomasi yoki Abu-Mansurning Shohnomasi () – Islomiy fathlardan oldingi Fors imperiyasi tarixi va epik voqealarni oʻz ichiga olgan nasriy asar boʻlgan. Ushbu asar Firdavsiyning Shohnoma asari uchun asosiy manba hisoblanadi.
Abu-Mansur Shohnomasi bugungi kunda yoʻqolgan, ammo uning 15 sahifalik kirish qismi saqlanib qolgan. Bu matn fors tilidagi eng qadimgi nasriy namunalardan biri boʻlib, fors adabiyotining eng bebaho yodgorliklaridan biri sanaladi.
Asar Abu Mansur Muhammad topshirigʻi bilan hijriy 346-yilda (milodiy 957-yil) yozilgan. Uni toʻrt nafar mobed yozgan: Hirotlik Qadimgi Mox, Sistonlik Shopurning oʻgʻli Yazdoddod, Nishopurlik Bahromning oʻgʻli Shoxuy Xurshid, Tuslik Barzinning oʻgʻli Shodan.
Firdavsiyning asaridan avvalroq, Abu-Mansur Daqiqiy ushbu Shohnomani sheʼr shakliga oʻtkazishga urinib koʻrgan, ammo taxminan 1000 bayt yozganidan keyin vafot etgan. Firdavsiy bu 1000 baytni oʻzining Shohnoma asariga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Shohnoma Turkum:X asr fors kitoblari Turkum:Yo‘qolgan kitoblar