Abbod ibn al-Gʻamr ash-Shihobiy () Abbod ibn Umar nomi bilan ham tanilgan, IX asrda Abbosiylar xalifaligining Yaman viloyati hokimi boʻlib xizmat qilgan.

Mahalliy yamaniy zodagonlardan boʻlgan Abbod 824-yilda Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhriz tomonidan Sano shahrini boshqarish uchun tayinlangan. Yil oxirida hokim Is’hoq ibn al-Abbos ibn Muhammad al-Hoshimiy kelguniga qadar hokimiyatni oʻz qoʻlida ushlab turgan. Xalifa al-Maʼmun 833-yilda vafot etgach, Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn al-Abbos tomonidan Abbod yana Yaman hokimligiga tayinlangan. Uning hokimlik lavozimi yangi xalifa al-Mu’tasim (833–842-yillar hukmronlik qilgan) tomonidan tasdiqlangan. Abbod 835-yil oxirigacha viloyatda hokimlik qilgan, shundan soʻng lavozimidan olinib, oʻrniga Abdurahim ibn Jaʼfar ibn Sulaymon al-Hoshimiy tayinlangan; ; ..

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Abbosiylar xalifaligining Yamandagi hokimlari Turkum:9-asr arab shaxslari