Farida as-Sagʻir (; taxminan 830-yilda tugʻilgan) yoki Farida () – Abbosiylar davrida yashagan qayna (qullikdagi qoʻshiqchi qiz). Abbosiy xalifalari al-Vosiq () va al-Mutavakkil () saroyida qoʻshiqlar ijro etgan.
Dastlab musiqachi Amr ibn Bano mulkida boʻlgan qoʻshiqchi choʻri Farida keyinchalik xalifa al-Vosiqqa sovgʻa sifatida taqdim etilgan. U mashhur sanʼatkor Shariyadan taʼlim olgan va al-Vosiq hamda uning vorisi al-Mutavakkil saroylarida katta shuhrat qozongan.
Farida Fadl ash-Shayraning shogirdi edi. Farida juda mohir ijrochilik mahoratiga ega boʻlgan. Uning ismi „Farida“ – „noyob“, „betakror“, „yagona“ degan maʼnoni bildiradi. Farida, asosan, „Farida al-Sagʻir“ yaʼni „kichik Farida“ nomi bilan tanilgan.
Farida al-Mutavakkilning yagona xotini edi. U avvaliga al-Mutavakkilning akasi xalifa al-Vosiqning saroyida yashagan. Garchi Farida ilgari qoʻshiqchi Amr ibn Banoga tegishli boʻlgan boʻlsa ham al-Vosiq unga sevimli choʻrisi sifatida munosabatda boʻlgan. Al-Vosiq vafot etgach (847-yil 10-avgustda ehtimol jigar shikastlanishi yoki diabet sabab yuzaga kelgan shish tufayli bu kasallikka davo topish maqsadida tandirda oʻtirgan paytda vafot etgan), Amr uni al-Mutavakkilga koʻrsatgan. Al-Mutavakkil uni nikohiga olgan va u tez orada xalifaning eng sevimli ayollaridan biriga aylangan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:9-asr ayol musiqachilari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi ayollari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari