Nilufar () — kelib chiqishi forscha boʻlgan xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Nilufar Alimjanova — qirgʻiz siyosatchisi va davlat arbobi, Jogorku Kengesh deputati, „Alyans“ siyosiy partiyasi aʼzosi; Nilufar Azamova — oʻzbek badiiy gimnastikachisi, milliy terma jamoa aʼzosi; Nilufar Mamadaliyeva — oʻzbekistonlik biokimyogar; Nilufar Shomurodova — badiiy gimnastika boʻyicha o‘zbek sportchisi, xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi, O‘zbekiston terma jamoasi sardori; Nilufar Usmonova — oʻzbekistonlik qoʻshiqchi va aktrisa; Nilufar Yoqubboyeva — oʻzbekistonlik shaxmatchi; Nilufar Zokirova — oʻzbekistonlik eshkak eshuvchi-kanoechi yakkalik va juftlik, asosan 200 va 500 metrga suzish boʻyicha, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha ayollar ismlari