Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Du'od () (854-yilda vafot etgan) – IX asrning oʻrtalarida bosh qozilik lavozimini vaqtincha bajargan shaxs. Ahmad ibn Abu Du’odning moʻtaziliy qarashlari tarafdori boʻlgan, 848-yilda Abbosiylar xalifaligida bosh qozi vazifasini bajargan, biroq yuqori darajada taʼsir kuchiga ega boʻlmagan va xalifa al-Mutavakkilning qoʻgʻirchogʻi hisoblangan.

Oilasi Muhammad ibn Ahmad IX asr oʻrtalarida qozi sifatida xizmat qilgan Ahmad ibn Abu Du’adning oʻgʻli edi. Moʻtazila oqimi tarafdori boʻlgan Ahmad ibn Abu Du’od 833-yilda Abbosiylar xalifaligida bosh qozi lavozimiga tayinlangan va xalifa al-Mu‘tasim hamda al-Vosiq davrida katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan. Bosh qozi boʻlgan davrida Moʻtazila oqimini davlatning rasmiy mafkurasi sifatida saqlab qolishga intilgan va davlat amaldorlari hamda olimlar orasida Moʻtazila taʼlimotlarga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida mihna jarayonini faol ilgari surgan.

Xalifa al-Mutavakkil hukmronligi (847–861) al-Mu’tasim va al-Vosiq siyosatidan jiddiy chekinishni anglatdi. Yangi xalifa oʻzidan oldingi ikki hukmdorning hokimiyatida muhim rol oʻynagan amaldorlarni yoʻq qilishga qatʼiy bel bogʻladi va hukmronligining dastlabki yillarida Ibn az-Zayyat hamda hojib Itax kabi koʻpchilik amaldorlarni oʻldirish yoki hokimiyatdan chetlatishga muvaffaq boʻldi. Al-Mutavakkil, shuningdek, avvalgi xalifalarning diniy siyosatidan ham chekinishga, Qur’on yaratilgan yoki yaratilmaganligi toʻgʻrisidagi tortishuvlarga barham berishga qaror qildi. U anʼanaviylik tarafdori boʻlmasa-da, bosqichma-bosqich Moʻtazila mazhabidan voz kechdi va mihna jarayonini toʻxtatdi, natijada, 833-yildan beri amal qilib kelgan aqidaviy tuzumga va Qur’on borasidagi bahslarga yakun yasaldi; ; ..

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Abbosiylar xalifaligining asirlari va mahbuslari Turkum:854-yilda vafot etganlar