2025-yilgi Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati xalqaro futbol turniri boʻlib, u 2025-yil 14-iyundan 13-iyulgacha Qoʻshma Shtatlarda oʻtkaziladi. Turnirda ishtirok etuvchi 32 ta klub har biri tarkibida kamida 26, ko‘pi bilan 35 nafar futbolchini (jumladan, uch nafar darvozabonni) ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Faqat shu dastlabki tarkibga kiritilgan futbolchilargina turnirda qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
Har bir klub FIFA ga tarkibida kamida 26, ko‘pi bilan 50 nafar futbolchi (jumladan, to‘rt nafar darvozabon) bo‘lgan dastlabki tarkib ro‘yxatini topshirishi kerak edi. Bu dastlabki ro‘yxatlar FIFA tomonidan ommaga e’lon qilinmadi. Yakuniy tarkib topshirilishidan oldin (shu jumladan, yangi ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilar uchun ham) o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berildi. 2025-yil 1-iyundan 10-iyungacha bo‘lgan davrda turnirda ishtirok etayotgan barcha klublarning a’zo futbol assotsiatsiyalari yangi shartnoma imzolagan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beruvchi favqulodda transfer oynasini joriy etdilar. Dastlabki tarkib asosida har bir klub tomonidan kamida 26, ko‘pi bilan 35 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 10-iyunga qadar, ya’ni turnirning ochilish uchrashuvidan to‘rt kun oldin FIFAga topshirildi. FIFA yakuniy tarkiblarni futbolchilarning raqamlari bilan birga 11-iyun kuni rasmiy veb-saytida e’lon qildi. Musobaqa davomida, agar klub tegishli a’zo assotsiatsiyasida 27-iyundan 3-iyulgacha transfer oynasi ochiq bo‘lsa, klub yakuniy tarkibida cheklangan miqdorda o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Biroq, hech bir futbolchi turnir davomida ikkita klub safida maydonga tushishi mumkin emas. Agar turnir boshlanishidan oldin yoki davomida ro‘yxatga kiritilgan darvozabon jarohat olsa yoki kasallansa, uni istalgan vaqtda boshqa futbolchi bilan almashtirishga ruxsat beriladi. Bunday holatda, klub shifokori hamda FIFA turnirining bosh tibbiy mutaxassisi mazkur jarohat yoki kasallik futbolchining musobaqada ishtirok etishiga jiddiy to‘sqinlik qilayotganini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
Futbolchilar 1 dan 99 gacha boʻlgan istalgan raqamni kiyishlari mumkin, agar ular ushbu raqam bilan klubning soʻnggi ichki liga mavsumida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa. Klublar tarkibiga 35 nafargacha futbolchini kiritishlari mumkin, biroq har bir o‘yinda faqat 26 nafar futbolchi (11 asosiy tarkib o‘yinchisi va 15 zaxira) ishtirok etishi mumkin.
Turnir xalqaro transfer oynasi yopilganidan to‘rt kun o‘tib boshlanayotganligi sababli, jamoalardan faqat birinchi o‘yini boshlanishidan besh kun oldin, eng kechida esa uch kuni oldin kelish talab etiladi. Taqvim tanqidlarga sabab bo‘ldi, chunki u futbolchilarga turnir boshlanishidan oldin yetarli darajada dam olish imkonini bermaydi.
Har bir futbolchining pozitsiyasi FIFA tomonidan eʼlon qilingan rasmiy tarkib roʻyxatiga muvofiq keltirilgan. Futbolchining yoshi 2025-yil 14-iyunga, ya’ni turnirning birinchi kuniga nisbatan hisoblangan. Har bir futbolchining fuqaroligi esa FIFA ning milliy jamoada oʻynash huquqini belgilovchi qoidalariga muvofiq, u oʻynashi mumkin boʻlgan terma jamoani aks ettiradi.
Futbolchilarning ishtiroki va transfer qoidalari Turnir davomida ishtirokchi klublar futbolchilarni FIFA kunlari doirasidagi boshqa turnirlarda (xususan, 2025-yilgi CONCACAF Oltin Kubogi) ishtirok etishi uchun milliy terma jamoalariga yuborishlari shart emas. Biroq, turnirdan oldingi xalqaro oyna — 2025-yil 2-iyundan 10-iyungacha boʻlgan davrda, klublar futbolchilarni oʻz milliy jamoalariga qo‘yib yuborishlari majburiy edi.
Ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi uchun har bir futbolchi o‘z klubida FIFA va tegishli a’zo assotsiatsiya qoidalariga muvofiq ravishda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, klublar musobaqa davomida har bir o‘yinda o‘zlarining eng kuchli tarkibini maydonga tushirishlari majburiy hisoblanadi.
Turnir davomida ko‘plab ligalarda transfer oynasi ochiq bo‘lishi sababli, transferlar musobaqaga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida savollar paydo bo‘ldi. Bu holatda turnirda ishtirok etayotgan futbolchilar boshqa klublarga, hattoki musobaqada qatnashayotgan boshqa jamoalarga ham o‘tib ketish ehtimoli bor. Bundan tashqari, Yevropadagi ko‘plab futbolchilarning shartnomalari 30-iyun kuni yakunlanishi kutilmoqda, bu esa ba’zi futbolchilarning turnirda ishtirok etishini murakkablashtirishi mumkin. Shu holatni inobatga olgan holda, 2024-yil oktyabr oyida FIFA Kengashi turnir uchun transfer qoidalarini yakuniy shaklga keltirdi. Buning asosiy maqsadi — “ishtirokchi klublar o‘rtasidagi ro‘yxatdan o‘tkazish davrlari va ichki mavsum taqvimidagi tafovutlar tufayli yuzaga kelgan nomuvofiqliklarni imkon qadar tenglashtirish” edi. Shu sababli, ishtirokchi klublarga ega boʻlgan barcha aʼzo assotsiatsiyalarga 2025-yil 1-iyundan 10-iyungacha boʻlgan muddatda favqulodda transfer oynasini ochish huquqi berildi. Bu oynadan ushbu assotsiatsiyaga qarashli barcha klublar foydalanishi mumkin. Bu imkoniyat orqali klublar odatdagi transfer oynasi sanalariga (odatda 1-iyuldan ochiladi) bog‘liq bo‘lmasdan, turnir boshlanishidan oldin yangi futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazishlari mumkin bo‘ldi. Qo‘shimcha transfer oynasini ochish har bir a’zo assotsiatsiyaning ixtiyoriga havola etilgan bo‘lsa-da, turnirda ishtirok etuvchi klublarga ega bo‘lgan barcha yigirma assotsiatsiya bu imkoniyatdan foydalandi va 2025-yil 1–10-iyun oralig‘ida favqulodda transfer oynasini ochdi.
Bundan tashqari, FIFAga a’zo ko‘plab assotsiatsiyalarda transfer oynasi turnir davomida ochilishi sababli, klublarga 2025-yil 27-iyundan 3-iyulgacha yakuniy tarkibda o‘zgarishlar kiritishga quyidagi shartlarga muvofiq holda ruxsat beriladi:
Turnir davomida shartnomasi yakunlangan futbolchilarni klublar boshqa futbolchilar bilan almashtirish huquqiga ega. Klublar yakuniy ro‘yxatga 35 nafar futbolchidan tashqari yana qo‘shimcha ikki nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega. Bu ikki futbolchi umumiy 35 nafar o‘yinchi limitiga kiritilmaydi. Klublar yakuniy tarkibga jami 6 nafargacha yangi futbolchi qo‘shishi mumkin. Qo‘shilgan har qanday futbolchi tegishli a’zo assotsiatsiyaning standart ro‘yxatdan o‘tkazish oynasi davomida o‘z klubi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart. Qo‘shilgan har qanday futbolchi faqatgina FIFAga o‘yindan kamida 48 soat oldin xabar berilgan taqdirda keyingi o‘yinda ishtirok etishga haqli bo‘ladi.
Biroq, turnir davomida shartnomasi yakunlanadigan yoki transferi rejalashtirilgan futbolchilar va murabbiylar uchun FIFA ning maqsadi “shartnomasi yakunlanayotgan futbolchilar va ularning klublarini futbolchining turnirda ishtirokini ta’minlash uchun mos yechim topishga undash” bo‘lgan.
Odatda futbolchilar bir mavsumda uchta klubda ro‘yxatdan o‘tishi va ikki klub safida rasmiy o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin. Biroq, Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi o‘yinlar ushbu cheklovga kiritilmaydi. Agar ikki klub o‘z vaqtinchalik ro‘yxatlariga bir xil futbolchini kiritgan bo‘lsa, barcha tegishli tomonlarning fikrini tinglagan holda, bu futbolchi qaysi klub safida turnirda ishtirok etishini FIFA bosh kotibiyati hal qiladi. Klublar turnir davomida yakuniy ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin, biroq hech bir futbolchi turnir davomida bir nechta klub safida maydonga tusha olmaydi.
A guruhi
Al Ahly Murabbiy: José Riveiro
Misrning Al Ahly klubi 28 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Inter Miami CF Murabbiy: Javier Mascherano
AQShning Inter Miami CF klubi 29 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Palmeiras Murabbiy: Abel Ferreira
Braziliyaning Palmeiras klubi 29 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Porto Murabbiy: Martín Anselmi
Portugaliyaning Porto klubi 29 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
B guruhi
Atlético Madrid Murabbiy: Diego Simeone
Ispaniyaning Atlético Madrid klubi 34 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Botafogo Murabbiy: Renato Paiva
Braziliiyaning Botafogo klubi 35 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Paris Saint-Germain Murabbiy: Luis Enrique
Fransiyaning Paris Saint-Germain klubi 27 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Seattle Sounders FC Murabbiy: Brian Schmetzer
AQShning Seattle Sounders FC klubi 26 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
C guruhi
Auckland City Murabbiy: Paul Posa / Ivan Vicelich (vaqtinchalik)
Yangi Zelandiyaning Auckland City klubi 27 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Bayern Munich Murabbiy: Vincent Kompany
Germaniyaning Bayern Munich klubi 32 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Benfica Murabbiy: Bruno Lage
Portugaliyaning Benfica klubi 30 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Boca Juniors Murabbiy: Miguel Ángel Russo
Argentinaning Boca Juniors klubi 35 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
D guruhi
Chelsea Murabbiy: Enzo Maresca
Angliyaning Chelsea klubi 28 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Espérance de Tunis Murabbiy: Maher Kanzari
Tunisning Chelsea klubi 32 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Flamengo Murabbiy: Filipe Luís
Braziliyaning Flamengo klubi 35 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Los Angeles FC Murabbiy: Steve Cherundolo
AQShning Los Angeles klubi 31 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
E guruhi
Inter Milan Murabbiy: Cristian Chivu
Italiyaning Inter Milan klubi 33 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Monterrey Murabbiy: Domènec Torrent
Meksikaning Monterrey klubi 30 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
River Plate Murabbiy: Marcelo Gallardo
Argentinaning River Plate klubi 34 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Urawa Red Diamonds Murabbiy: Maciej Skorża
Yaponiyaning Urawa Red Diamonds klubi 32 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
F guruhi
Borussia Dortmund Manager: Niko Kovač
Germaniyaning Borussia Dortmund klubi 30 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Fluminense Manager: Renato Gaúcho
Braziliyaning Fluminense klubi 32 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Mamelodi Sundowns Manager: Miguel Cardoso
Janubiy Afrikaning Mamelodi Sundowns klubi 35 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Ulsan HD Manager: Kim Pan-gon
Janubiy Koreyaning Ulsan HD klubi 29 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
G guruhi
Al Ain Manager: Vladimir Ivić
Amirliklarning Al Ain klubi 33 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Juventus Manager: Igor Tudor
Italiyaning Juventus klubi 35 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Manchester City Murabbiy: Pep Guardiola
Angliyaning Manchester City klubi 27 nafar futbolchidan iborat quyidagi yakuniy tarkibni e’lon qilgan:
Manbalar
Izohlar
Havolalar
Tarkiblar