Al-Asmoiy (; – 828/833), Asmoiy yoki Asmaiy – arab tilshunosi, filolog va Basra nahv maktabining uch yetakchi nahviylaridan biri. Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid saroyida filologiya, sheʼriyat, nasabnoma va tabiatshunoslik oʻrtasidagi ilmiy bogʻliqlikni oʻrgangan. Zoologiya boʻyicha ilk ilmiy izlanishlarni olib borgan. Mashhur sheʼriy antologiya „Asmoiyyot“ asarini tuzgan, shuningdek, Antara ibn Shaddod hayotiga doir doston ham aynan unga tegishli deyiladi[ iqtibos kerak ]. Xalil ibn Ahmad al-Farohidiy va Abu Amr ibn al-Aloning shogirdi boʻlgan Asmoiy Basra maktabining boshqa mashhur vakillari Abu Ubayda va Sibavayhlar bilan zamondosh va ilmiy raqobatda boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:9-asrda vafot etganlar Turkum:8-asr filologlari Turkum:9-asr botaniklari Turkum:9-asr olimlari