Qodi Abdulvahhob ibn Ali ibn Nasr ibn Ahmad ibn Husayn ibn Horun ibn Molik ibn Tavk at-Tagʻlibiy () (milodiy 973–1035), Qodi Abdulvahhob nomi bilan ham tanilgan, Molikiylik mazhabiga mansub mashhur huquqshunoslardan biri. Qozikalon Abdulvahhob, shuningdek, arab adabiyoti va sheʼriyati borasidagi chuqur bilimlari bilan ham esda qolgan. Abbosiylar davrida Siirt va Badrada qozilik qilganal-Zarkali, Aaʼlaam (Arabic). Ayniqsa, „at-Talqin“ nomli asari bilan tanilgan. Bu asar molikiylik fiqhiga oid asar boʻlib, hozirgi kungacha oʻrganib kelinadi.
Hayoti Abdulvahhob 973-yilda (hijriy 362) Bagʻdodda tugʻilgan. Oʻsha davrda Abbosiylar nomigagina hokimiyat tepasida boʻlib, siyosiy va harbiy sahnada, asosan, shialik mazhabi vakillari sanalmish Buvayhiylar sulolasi hukmronlik qilardi. Shunga qaramay, Abdulvahhob Bagʻdoddagi eng mashhur molikiylik mazhabi olimlaridan taʼlim olgan. Xususan, iroqlik huquqshunoslar al-Abhariy va Ibn al-Jallob, shuningdek, ash’ariylik mutakallimi al-Boqilloniydan saboq olgan. Hayotining soʻnggi yillarida Abdulvahhob Bagʻdodda qashshoqlikda yashagan va oxir-oqibat tugʻilgan shahrini tark etgan. Rivoyat qilinishicha, u shahardan ketayotgan kuni bir guruh nufuzli davlat amaldorlari uni kuzatishga chiqqan.
Manbalar
Turkum:973-yilda tugʻilganlar Turkum:1035-yilda vafot etganlar Turkum:1031-yilda vafot etganlar