Qahramon Tumol () (929-yilda vafot etgan) 918-yilda xalifa al-Muqtadir () hukmronligi davrida mazalim sudiga hakam sifatida tayinlangan musulmon ayol. Shariat qonunlari emas, balki dunyoviy qonunlar bilan shugʻullanganSee Karen Bauer, 'Debates on Womenʼs Status as Judges and Witnesses in Post-Formative Islamic Law,' Journal of the American Oriental Society, 130.1 (2010), 1-21.. Sudga murojaat qilgan kishilarning arizalarini qayta yozish va rasmiylashtirish ishlariga mas’ul boʻlgan. Bu lavozimda ayol kishi faoliyat yuritishi oʻsha davrda juda gʻayrioddiy edi. Ushbu lavozimga xalifa Jaʼfar al-Muqtadir billohning onasi Ummu Jaʼfar Muqtadir tomonidan tayinlangan.

Hayoti Tumol asli xalifa al-Muqtadirning onasi Shagʻobning yordamchisi boʻlgan.

Shagʻob oʻgʻlining taxt vorisi etib tayinlanishida muhim rol oʻynadi, shundan keyin esa amalda hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi va davlat ishlarini yuritish uchun muqobil byurokratik tizimni tashkil etdi. 918-yilda Shagʻob Tumolni mazalim boshligʻi, amalda adliya vaziri va qozilar ustidan nazoratchi lavozimiga tayinladi. Qozilar bunday ishlarning ayol kishi tomonidan nazorat qilinishiga qarshi chiqishdi, biroq bu tayinlovni qabul qilishga majbur boʻlishdiMernissi, Fatima; Mary Jo Lakeland (2003). Mernessi_The-Forgotten-Queens-of-Islam-EN.pdf The forgotten queens of Islam. Oxford University Press. ..

Tarixchi Tabariyning soʻzlariga koʻra, Tumol oʻz vazifalarini juda yaxshi bajargani sababli jamoatchilik orasida, ayniqsa, daʼvogarlar uchun sud ishini boshlash xarajatlarini kamaytirgan islohotlari tufayli mashhurlikka erishgan. Biroq uning ushbu lavozimga tayinlanishi musulmon tarixchilari, xususan, Ibn Hazm tomonidan, „shu kungacha misli koʻrilmagan mojaro va sharmandaliklardan biri“ sifatida tasvirlanganMernissi, Fatima; Mary Jo Lakeland (2003). Mernessi_The-Forgotten-Queens-of-Islam-EN.pdf The forgotten queens of Islam. Oxford University Press. ..

Yana qarang

Islom dinida ayollar Qozi

Manbalar

Turkum:929-yilda vafot etganlar Turkum:Shariat qozilari Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi ayollari