Maitreya (sanskrit) yoki Metteyya (pali) – barcha buddaviylik maktablarida kelajakdagi Buddaga aylanishi bashorat qilingan bodhisattva sifatida qaraladi. U Maitreya Budda yoki Metteyya Budda deb ataladiWilliams, Paul. Mahayana Buddhism: The Doctrinal Foundations 2nd edition. Routledge, 2009, p. 218..

Baʼzi buddaviylik matnlarida, masalan, Amitabha Sutra va Lotus Sutrada u Ajitā (yengilmas, magʻlub etilmas) nomi bilan ham ataladi. Tibet buddaviyligida u „Sevgi Egasi“ yoki „Olijanob Mehru-muhabbatli Zot“ (Pakpa Jampa) sifatida tanilgan. Uning ismi sanskritcha maitrī (pali: metta; yaʼni doʻstona, mehru-shafqat) soʻzidan olingan. „Maitreya“ nomi shuningdek indo-eroniy tillaridagi Mitra nomi bilan ham bogʻliqJayarava, Visible Mantra: Visualising & Writing Buddhist Mantras, betlar 142–143. 2011.

Hind dinlarida esa Maitreya Shambala shahrining kelajakdagi podshohi hisoblanadi va u yerda Kalki Avatar tugʻilishi ham bashorat qilingan.

Buddaviylikning barcha tarmoqlarida Maitreya Gautama Buddaning bevosita vorisi sifatida eʼtirof etiladi. U hozirgi kalpa (eon) davridagi beshinchi va soʻnggi Budda boʻladi va uning taʼlimoti Buddaning Dharmasini yer yuzida qayta tiklashga qaratilgan. Muqaddas matnlarga koʻra, Maitreyaning taʼlimoti Gautama (Shakyamuni) Buddaning taʼlimotiga oʻxshash boʻladiHorner (1975), The minor anthologies of the Pali canon, bet 97. Metteyya haqida, Bv XXVII, 19: „Men hozirgi vaqtda Oʻz-oʻzidan uygʻongan Buddaman, va Metteyya boʻladi…“.

Maitreya kelishi taʼlimotlarning inqirozi davrida yuz beradi – yaʼni Gautama Buddaning taʼlimotlari unutilib ketgan yoki yoʻqolgan boʻladi.

Tarix davomida turli diniy rahnamolar va ruhiy shaxslar oʻzlarini Maitreya deb daʼvo qilganlar (daʼvogarliklar roʻyxati mavjud), biroq buddaviylik oqimlari ularni notoʻgʻri deb rad etadi, chunki Buddaning haqiqiy taʼlimoti hali toʻliq yoʻqolmagan. Anʼanaviy buddistlar ishonishicha, Maitreya hozirda Tushita jannatida yashamoqda.

Shunga qaramay, u yerdan butunlay yiroq emas. Buddaviylik tarixi davomida ayrimlar Maitreya bilan uchrashganini, uni tushida yoki vahiy orqali koʻrganini va undan taʼlim olganini daʼvo qilishgan. Shu bois, Mahāyāna buddistlari Maitreya Buddaning turli sutralar (masalan, Mahāyānasūtrālamkārakā, Madhyāntavibhāga) orqali Yogachara falsafiy yoʻnalishining asoschisi deb hisoblaydilarRuegg, D. S. La Theorie du Tathagatagarbha et du Gotra. Paris: Ecole d’Extreme Orient, 1969, bet 35.Brunnholzl, Karl. When the Clouds Part: The Uttaratantra and Its Meditative Tradition as a Bridge between Sutra and Tantra. Shambhala Publications, 2015, bet 81.Ford, James L. (2006). Jokei and Buddhist Devotion in Early Medieval Japan. Oxford University Press, USA. betlar 69–71. .

Maʼlumotnomalar

Maitreya nomi sanskritcha (yaʼni „doʻstlik“) soʻzidan olingan boʻlib, bu esa oʻz navbatida mitra (doʻst) soʻzi ortidan kelib chiqqan. Pali tilidagi shakli Metteyya boʻlib, u Pāli kanonidagi Cakkavatti-Sīhanāda Suttada (Digha Nikaya 26-sutta) va shuningdek, Buddhavamsaning 28-bobida tilga olingan. Maitreya haqidagi bashorat boshqa manbalarda ham uchraydi, masalan: Mahāvastu, Lalitavistara, Mūlasarvāstivāda vinaya va Divyāvadāna asarlarida.

Uning nomidagi oʻxshashlik sababli, ayrim zamonaviy olimlar, jumladan Przyluski, Lamotte va Levi Maitreya timsoli qadimgi indo-eroniy diniy an’analaridagi Mitra xudosidan va Zardushtiylikdagi kelajakdagi najotkor – Saoshyantdan ilhomlangan boʻlishi mumkin degan fikrni ilgari surishganDavid Alan Scott (1990). „The Iranian Face of Buddhism.“ East and West, 40(1–4), 43–77. doi:10.2307/29756924.

Shunga qaramay, tadqiqotchi David Alan Scott ularning tasviriy sanʼatdagi obrazlari (hatto bir xil mintaqalarda) ancha farq qilishi, tarixiy tafovutlar mavjudligi sababli, bu toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik ehtimolini inkor qiladi. U Maitreya haqidagi maʼlumotlar qadimiy buddaviy matnlarida ham uchrashini taʼkidlaydi. Biroq Scott Maitreya va Mitra har ikkalasining doʻstlik (maitrī) fazilatining timsoli ekanligini, bu jihatdan ular oʻxshashligini tan oladi.

Mahayana sutralari Koʻplab Mahāyāna sūtralarida bodhisattva Maitreya tasvirlangan va u haqida muhokama qilingan. U Lotus Sutra, Vimalakirti Sutra, Oltin Nur Sutra, Samadhiraja Sutra va Sakkiz ming qatorli donolik kamoloti kabi bir necha muhim Mahayana sutralarida ikkinchi darajali qahramon sifatida paydo boʻladi.

Gaṇḍavyūha Sutrada esa, Maitreya alohida bir bobda ziyoratchi Sudhanaga Dharma (taʼlimot)ni bir yuz yigirma bir baytda vaʼz qiladiSponberg, Alan; Hardacre, Helen (tahrirchilar). Maitreya, the Future Buddha. 69-bet. Cambridge University Press, 1988.. Shundan soʻng Sudhana Maitreyaning saroyiga (Vairocanakutalamkara-garbha) kirish huquqiga ega boʻladi va u yerda Maitreyaning bodhisattvalik faoliyatining butun tarixiy manzarasini koʻrgan katta vahiy tajribasiga ega boʻladi.

Boshqa adabiyotlarda Maitreya boshqa adabiy asarlarda ham paydo bo‘ladi. Maitreyasamitināṭaka islomgacha bo‘lgan Markaziy Osiyoda (taxminan 8-asr) yaratilgan keng qamrovli buddaviy drama asari bo‘lgan古代维吾尔语说唱文学《弥勒会见记》. Markaziy Osiyodagi Maitreyavyakarana (śatakam shaklidagi she’r) va Janubiy Hindistondagi Anagatavamsa asarlarida ham u tilga olinadi.

Manbalar

Adabiyotlar

Mipham, Jamgon; Maitreya; Shenga, Khenpo; Dharmachakra Translation Committee, trans. (2013). Distinguishing Phenomena from Their Intrinsic Nature: Maitreyaʼs Dharmadharmatavibhanga with Commentaries by Khenpo Shenga and Ju Mipham. Snow Lion. .

Mipham, Jamgon; Maitreya; Dharmachakra Translation Committee, trans. (2021). Middle Beyond Extremes: Maitreyaʼs Madhyantavibhaga with Commentaries by Khenpo Shenga and Ju Mipham. Snow Lion. .

Havolalar

2010-yil aprel, Smithsonian jurnali maqolasi

Kelajakdagi Budda – Ariya Ajita Metteyya haqida

Kelajakdagi Budda hikoyasi: Ariya Metteyya

Jonang Dharma maktabining Maitreya haqidagi taʼlimoti

Turkum:Bodhisattvalar Turkum:Maitreya Turkum:Sanskritcha so‘zlar va iboralar Turkum:Xitoyda Buddizm Turkum:Xitoy xudolari Turkum:Buddist esxatologiyasi