Harry John Amass — ingliz professional futbolchisi. Angliya Premyer-ligasining Manchester United klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Angliyaning yoshlar terma jamoasi vakili.

Klublardagi faoliyati Amass 9 yoshida Watford akademiyasiga qoʻshilgan. 2023-yil yanvar oyida, 15 yoshida, u birinchi marta asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan va Angliya kubogining uchinchi bosqichida Reading jamoasiga qarshi oʻyinga zaxiradan joy olgan.

2023-yil mart oyida The Evening Standard gazetasi Manchester United klubi Amass bilan shartnoma imzolash arafasida ekanligini va Chelseani ortda qoldirganligini aytib oʻtgan. Aprel oyida Watford futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan, biroq iyun oyida Amass Manchester United bilan 4 yillik shartnoma imzolanganligi va klublar oʻtish uchun toʻlov miqdoriga kelishganligini eʼlon qilingan. Bu transfer 2023-yil avgustida rasman tasdiqlangan.

Amass 2024-yil fevralida birinchi marta Manchester United asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlarda qatnashgan. 7-aprel kuni u Liverpool jamoasiga qarshi oʻyinga zaxira tarkibiga kiritilgan, lekin maydonga tushirilmagan. 2025-yil 16-martda, 18 yoshga toʻlgan Amass Leicester Cityga qarshi Premyer-liga uchrashuviga jamoa tarkibiga kiritilgan va 69-daqiqada maydonga tushib Manchester United safidagi debyutini oʻtkazgan. 2025-yil 13-aprelda Amass Manchester United safida Newcastle Unitedga qarshi oʻyinda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Xalqaro faoliyati Amass Angliyaning 15 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan. 2023-yil fevralida u Kiprda boʻlib oʻtgan UEFA rivojlanish turniri uchun 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoa safiga chaqirilgan va jamoa bilan Kipr, Shotlandiya va Daniyani magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻlgan.

2024-yil 20-mayda Amass 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchun Angliya terma jamoasi safiga kiritilgan. Chorak finalda Italiyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlishgan oʻyinda u maydonga tushib, penaltini aniq amalga oshirgan.

2024-yil 4-sentyabrda Amass Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida Portugaliyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

Statistikasi

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻtkazgan oʻyinlar soni hamda urgan gollariJamoaSeasonLigaKubokLiga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarManchester United U212024-2025—————3030Manchester United2024–25Angliya Premyer-ligasi400000200060Umumiy400000203090

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari