Moskvaning hududiy boʻlinishi — Moskva shahri chegarasi doirasidagi hududiy birliklar tizimi.
Moskva shahrining hududiy birliklari, Moskva shahri Ustaviga muvofiq, maʼmuriy okruglar va tumanlardir. Ular oʻz nomlariga va Moskva shahri qonun hujjatlari bilan belgilangan chegaralariga ega.
Maʼmuriy okrug — Moskva shahrining muayyan hududini boshqarish uchun tashkil etilgan hududiy birlikdir. Maʼmuriy okruglarni tashkil etish, qayta tashkil qilish, tugatish, ularga nom berish hamda ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish Moskva meri tomonidan amalga oshiriladi. Har bir maʼmuriy okrug tarkibiga Moskva shahrining bir nechta tumanlari kiradi. Maʼmuriy okrugning chegaralari tumanlar chegaralarini kesib oʻta olmaydi.
Tuman — Moskva shahrining hududiy birligi bo‘lib, u tegishli hududlarning tarixiy, geografik, shaharsozlik xususiyatlari, aholisi soni, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, transport yo‘llarining joylashuvi, muhandislik infratuzilmasi mavjudligi va boshqa hududiy xususiyatlar hisobga olingan holda tashkil etiladi.
Moskva shahridagi tumanlar roʻyxati va ularning chegaralari «Moskva shahrining hududiy boʻlinishi toʻgʻrisida»gi Moskva shahri qonuni bilan belgilanadi. Maʼmuriy okruglar roʻyxati hamda tumanlarning maʼmuriy okruglarga mansubligi esa Moskva meri qarori bilan belgilanadi. Moskva tarkibiga 12 ta maʼmuriy okrugdagi 132 ta tuman kiradi.
Hududiy va munitsipal tuzilma oʻrtasidagi nisbat Hududiy birliklar chegaralari doirasida munitsipal tuzilmalar tashkil etilgan: 131 ta munitsipal okrug va 1 ta shahar okrugi (Troitsk).
Moskvadagi aholi punktlari Aholi punktlari Moskvaning hududiy tuzilmasining obyekti hisoblanmaydi hamda «Moskva shahrining hududiy boʻlinishi toʻgʻrisida»gi Moskva shahri qonuniga binoan, shahar tarkibida alohida qayd etilmaydi va ajratilmaydi. Biroq federal qonunchilikka muvofiq, Troitsk maʼmuriy tumanida joylashgan Troitsk shahri 2032-yilgacha ilmiy shahar (naukograd) maqomiga ega. Shu sababli, Troitsk maʼmuriy tumani hududidagi munitsipal tuzilma, boshqa hududlardan farqli ravishda, shahar okrugi turiga ega. Bundan tashqari, Moskva tarkibidagi aholi punktlari Federal manzilli axborot tizimida alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Moskva maʼmuriy okruglari Moskvadagi maʼmuriy okruglar 1991-yilda tashkil etilgan. Har bir okrugni prefekt boshqaradi va ular tumanlarga bo‘linadi. 2012-yil 1-iyulgacha Moskvada 10 ta maʼmuriy okrug mavjud edi. Shu sanadan boshlab, Moskva hududi kengaytirilganidan keyin, yana 2 ta yangi maʼmuriy okrug — Yangi Moskva (Novomoskva) va Troitsk maʼmuriy okruglari tashkil etildi. Biroq, bu ikki okrug bitta prefekt tomonidan boshqariladi va amalda yagona okrug sifatida faoliyat yuritadi. Maʼmuriy okruglarning maqomi Moskva shahri Ustavi, Moskva meri va Moskva hukumati hujjatlari bilan belgilanadi.
Moskva maʼmuriy okruglari roʻyxati Maʼmuriy okrug Hududi km²(2012.01.07) Shahar umumiy maydonidagi ulushi Maydoni boʻyicha oʻrni Aholisi (2024) Shahar umumiy aholisidagi ulushi Aholisi boʻyicha oʻrni Aholi zichligi (2024) Aholi zichligi boʻyicha oʻrniMarkaziy 66,18 2,62 % 11 774 430 5.83 9 11 702,67 5 Shimoliy 113,73 4,50 % 7 1 217 909 9.17 7 10 709,15 7 Shimoli-sharqiy 101,88 4,03 % 9 1 455 811 10.97 4 14 289,05 1 Sharqiy 154,84 6,13 % 3 1 508 678 11.37 2 9743,75 8 Janubi-sharqiy 117,56 4,65 % 6 1 515 787 11.42 3 12 893,76 4 Janubiy 131,77 5,22 % 5 1 768 752 13.32 1 13 422,73 2 Janubi-gʻarbiy 111,36 4,41 % 8 1 435 550 10.81 6 12 890,82 3 Gʻarbiy 153,03 6,06 % 4 1 425 114 10.74 5 9312,38 9 Shimoli-gʻarbiy 93,28 3,69 % 10 1 039 596 7.83 8 11 144,78 6 Zelenograd 37,20 1,47 % 12 270 527 2.04 11 7272,25 10 Troitsk 1084,34 42,92 % 1 196 407 1.48 12 181,13 12 Novomoskva 361,36 14,30 % 2 541 242 4.08 10 1497,79 11 Moskva 2526,53 100,00 % 13 274 285 100,00 4993,1
Xarita
Moskva tumanlari
№ Tuman Ruschada Xarita Markaziy maʼmuriy okrug thumb|320x320px|Markaziy maʼmuriy okrug tumanlari Moskva xaritasida 1 Arbatskiy Арбатский 2 Basmanniy Басманный 3 Krasnoselskiy Красносельский 4 Meshchanskiy Мещанский 5 Presnenskiy Пресненский 6 Taganskiy Таганский 7 Tverskoy Тверской 8 Xamovniki Хамовники 9 Yakimanka Якиманка 10 Zamoskvorechye Замоскворечье Shimoliy maʼmuriy okrug thumb|320x320px|Shimoliy maʼmuriy okrug tumanlari Moskva xaritasida 11 Aeroport Аэропорт 12 Begovoy Беговой 13 Beskudnikovskiy Бескудниковский 14 Dmitrovskiy Дмитровский 15 Golovinskiy Головинский 16 Koptevo Коптево 17 Levoberejniy Левобережный 18 Moljaninovskiy Молжаниновский 19 Savelyovskiy Савёловский 20 Sokol Сокол 21 Timiryazevskiy Тимирязевский 22 Voykovskiy Войковский 23 Vostochnoye Degunino Восточное Дегунино 24 Xoroshyovskiy Хорошёвский 25 Xovrino Ховрино 26 Zapadnoye Degunino Западное Дегунино Shimoli-sharqiy maʼmuriy okrug thumb|320x320px|Shimoli-sharqiy maʼmuriy okrug tumanlari Moskva xaritasida 27 Alekseyevskiy Алексеевский 28 Altufyevskiy Алтуфьевский 29 Babushkinskiy Бабушкинский 30 Bibirevo Бибирево 31 Butirskiy Бутырский 32 Lianozovo Лианозово 33 Losinoostrovskiy Лосиностровский 34 Marfino Марфино 35 Maryina Rosha Марьина Роща 36 Ostankinskiy Останкинский 37 Otradnoye Отрадное 38 Rostokino Ростокино 39 Severniy Северный 40 Severnoye Medvedkovo Северное Медведково 41 Sviblovo Свиблово 42 Yaroslavskiy Ярославский 43 Yujnoye Medvedkovo Южное Медведково Sharqiy maʼmuriy okrug thumb|320x320px|Sharqiy maʼmuriy okrug tumanlari Moskva xaritasida 44 Bogorodskoye Богородское 45 Golyanovo Гольяново 46 Ivanovskoye Ивановское 47 Izmailovo Измайлово 48 Kosino-Uxtomskiy Косино-Ухтомский 49 Metrogorodok Метрогородок 50 Novogireyevo Новогиреево 51 Novokosino Новокосино 52 Perovo Перово 53 Preobrajenskoye Преображенское 54 Severnoye Izmailovo Северное Измайлово 55 Sokolinaya Gora Соколиная Гора 56 Sokolniki Сокольники 57 Veshnyaki Вешняки 58 Vostochniy Восточный 59 Vostochnoye Izmailovo Восточное Измайлово Janubi-sharqiy maʼmuriy okrug thumb|320x320px|Janubi-sharqiy maʼmuriy okrug tumanlari Moskva xaritasida 60 Kapotnya Капотня 61 Kuzminki Кузьминки 62 Lefortovo Лефортово 63 Lyublino Люблино 64 Maryino Марьино 65 Nekrasovka Некрасовка 66 Nijegorodskiy Нижегородский 67 Pechatniki Печатники 68 Ryazanskiy Рязанский 69 Tekstilshiki Текстильщики 70 Vixino-Julebino Выхино-Жулебино 71 Yujnoportoviy Южнопортовый Janubiy maʼmuriy okrug thumb|320x320px|Janubiy maʼmuriy okrug tumanlari Moskva xaritasida 72 Biryulyovo Vostochnoye Бирюлёво Восточное 73 Biryulyovo Zapadnoye Бирюлёво Западное 74 Brateyevo Братеево 75 Danilovskiy Даниловский 76 Donskoy Донской 77 Moskvorechye-Saburovo Москворечье-Сабурово 78 Nagatino-Sadovniki Нагатино-Садовники 79 Nagatinskiy Zaton Нагатинский Затон 80 Nagorniy Нагорный 81 Orexovo-Borisovo Severnoye Орехово-Борисово Северное 82 Orexovo-Borisovo Yujnoye Орехово-Борисово Южное 83 Tsaritsino Царицыно 84 Zyablikovo Зябликово 85 Chertanovo Severnoye Чертаново Северное 86 Chertanovo Tsentralnoye Чертаново Центральное 87 Chertanovo Yujnoye Чертаново Южное Janubi-gʻarbiy maʼmuriy okrug thumb|320x320px|Janubi-gʻarbiy maʼmuriy okrug tumanlari Moskva xaritasida 88 Akademicheskiy Академический 89 Gagarinskiy Гагаринский 90 Konkovo Коньково 91 Kotlovka Котловка 92 Lomonosovskiy Ломоносовский 93 Obruchevskiy Обручевский 94 Severnoye Butovo Северное Бутово 95 Tyopliy Stan Тёплый Стан 96 Yasenevo Ясенево 97 Yujnoye Butovo Южное Бутово 98 Zyuzino Зюзино 99 Cheryomushki Черёмушки Gʻarbiy maʼmuriy okrug thumb|320x320px|Gʻarbiy maʼmuriy okrug tumanlari Moskva xaritasida 100 Dorogomilovo Дорогомилово 101 Fili-Davidkovo Фили-Давыдково 102 Filyovskiy Park Филёвский Парк 103 Krilatskoye Крылатское 104 Kuntsevo Кунцево 105 Mojayskiy Можайский 106 Novo-Peredelkino Ново-Переделкино 107 Ochakovo-Matveyevskoye Очаково-Матвеевское 108 Prospekt Vernadskogo Проспект Вернадского 109 Ramenki Раменки 110 Solntsevo Солнцево 111 Troparyovo-Nikulino Тропарёво-Никулино Shimoli-gʻarbiy maʼmuriy okrug thumb|320x320px|Shimoli-gʻarbiy maʼmuriy okrug tumanlari Moskva xaritasida 112 Kurkino Куркино 113 Mitino Митино 114 Pokrovskoye-Streshnevo Покровское-Стрешнево 115 Severnoye Tushino Северное Тушино 116 Strogino Строгино 117 Xoroshyovo-Mnyovniki Хорошёво-Мнёвники 118 Yujnoye Tushino Южное Тушино 119 Shukino Щукино Zelenograd maʼmuriy okrugi thumb|320x320px|Zelenograd maʼmuriy okrugi tumanlari Moskva xaritasida 120 Kryukovo Крюково 121 Matushkino Матушкино 122 Savyolki Савёлки 123 Silino Силино 124 Staroye Kryukovo Старое Крюково Novomoskva maʼmuriy okrugi thumb|250px|Novomoskva va Troitsk maʼmuriy okruglari tumanlari Moskva xaritasida 125 Filimonkovskiy Филимонковский 126 Kommunarka Коммунарка 127 Vnukovo Внуково 128 Sherbinka Щербинка Trotisk maʼmuriy okrugi 129 Bekasovo Бекасово 130 Krasnopaxorskiy Краснопахорский 131 Troitsk Троицк 132 Voronovo Вороново
Manbalar
Turkum:Moskvaning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi