Qahramon ( — botir, jasur) — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Qahramon Abdurahimov — teatr va kino aktyori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist; Qahramon Dadayev — sozanda (doira), Oʻzbekiston xalq artisti (1977); Qahramon Ergashev — oʻzbek siyosatchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati; Qahramon Madumarov — Qirgʻiziston jamoat arbobi, taniqli tadbirkor, ishbilarmon, arab tili yetakchi tarjimoni; Qahramon Nuraliyev — sovet sambochisi; Qahramon Olimov — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor; Qahramon Quronboyev — oʻzbekistonlik pedagog va davlat arbobi. 2024-yildan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi; Qahramon Rajabov — taniqli oʻzbekistonlik tarixchi olim. Tarix fanlari doktori (2005), professor (2015); Qahramon Usmonov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996).

Familiyalar Qahramonov Qahramonova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari