Nikolay Ivanovich Tishchenko (; 1926-yil 10-dekabrda Lyublino shahrida tugʻilgan – 1981-yil 10-mayda Moskvada vafot etgan) – sovet futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. SSSR milliy terma jamoasining aʼzosi (1954—1956 yillar). SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan (1956)В Комитете по физкультуре и спорту // Советский спорт (газета). — 2 октября 1956, № 117. — с. 2.. SSSR xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvonini olgan (1957).
Yutuqlari Olimpiada chempioni: 1956-yil Sovet Oliy ligasi gʻolibi: 1952, 1953, 1956, 1958-yillar Sovet Oliy ligasida ikkinchi oʻrin: 1954, 1955-yillar Sovet Oliy ligasida uchinchi oʻrin: 1957-yil Mavsumning eng yaxshi 33 futbolchisi roʻyxatiga kiritilgan: 1957-yil Mukofotlari „Hurmat belgisi“ ordeni (27.04.1957) – „mamlakatda ommaviy jismoniy tarbiya harakatini rivojlantirish, sovet sportchilarining mahoratini oshirish hamda xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishda erishilgan yutuqlar uchun“
Terma jamoadagi faoliyati Tishchenko SSSR terma jamoasi safida 1954-yil 8-sentyabrda Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ilk bor maydonga tushgan. U 1956-yilgi Olimpiada yarim finalida Bolgariyaga qarshi oʻyinda eʼtiborni tortgan. Oʻsha oʻyinda u oʻmrov suyagini sindirib oldi, biroq oʻyinchi almashtirishga hali ruxsat berilmagani sababli, maydonni tark etmay, uchrashuvni oxirigacha davom ettirgan.
Manbalar
Havolalar Nikolay Tishchenko rusteam saytidagi profili
Nikolay Tishchenko Transfermarkt saytidagi profili
Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar