Chexiya Respublikasi futbol assotsiatsiyasi (; FAČR) yoki Chexiya futbol assotsiatsiyasi – mamlakatdagi futbol ishlarini tartibga soluvchi bosh tashkilot boʻlib, Praga shahrida joylashgan. Assotsiatsiya mamlakatdagi pastki darajadagi futbol ligalari hamda Chexiya Kubogini tashkil etadi. Biroq professional darajadagi Chexiya Birinchi Ligasi va Ikkinchi Ligasi mustaqil ravishda tashkil etiladi.

Tarixi Tashkilotning birinchi „ajdod“i 1901-yil 19-oktabrda Avstriya-Vengriya tarkibidagi Bogemiya Qirolligida Bogemiya futbol uyushmasi nomi bilan tashkil etilgan. 1922-yildan 1993-yilgacha, Chexoslovakiya mavjud boʻlgan davrda, ushbu assotsiatsiya Chexoslovakiya futbol assotsiatsiyasi (; ČSAF) nomi ostida faoliyat yuritgan va Chexoslovakiya milliy futbol terma jamoasini boshqargan. Chexoslovakiya parchalanishidan soʻng, bu tashkilot Chex-Moraviya futbol federatsiyasi (; ČMFS) nomini oldi va bu nom 2011-yil iyungacha amal qilgan.

2017-yil 3-may kuni Chexiya politsiyasi Chexiya futbol assotsiatsiyasi shtab-kvartirasi va boshqa muassasalarga 2017-yil uchun Taʼlim vazirligi tomonidan ajratilgan davlat subsidiyalarining qayta taqsimlanishi bilan bogʻliq holda reyd oʻtkazdi. Shu voqea davomida assotsiatsiya prezidenti Miroslav Pelta hibsga olindi. 2020-yil 16-oktabrda assotsiatsiya shtab-kvartirasida yana bir reyd amalga oshirildi va 20 kishi, jumladan prezident oʻrinbosari Roman Berbr ham qoʻlga olindi.

2021-yildan Petr Fousek Chexiya futbol assotsiatsiyasining prezidenti lavozimida ishlaydi. U 2021-yil 3-iyunda boʻlib oʻtgan 23-umumiy yigʻilishda Karel Poborský ustidan 15 ovoz farqi bilan gʻalaba qozonib saylangan.

2025-yil 29-may kuni boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishda saylangan David Trunda Chexiya Futbol Assotsiatsiyasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Prezidentlar №PrezidentDavrBogemiya–Moraviya futbol federatsiyasi1.František Chvalovský1993–20012.Jan Obst2001–20053.Pavel Mokrý2005–20094.Ivan Hašek2009–2011Chexiya Respublikasi futbol assotsiatsiyasi5.Miroslav Pelta2011–20176.Martin Malík2017–20217.Petr Fousek2021–20258.David Trunda2025–hozir

Yana qarang

Chexiya milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

Havolalar

Chexiya Respublikasi FIFA vebsaytida (arxivlangan)

Turkum:UEFA milliy aʼzolari