Charles Reade (1814-yil 8-iyun – 1884-yil 11-aprel) – britaniyalik yozuvchi va dramaturg boʻlib, „The Cloister and the Hearth“ asari bilan mashhurlikka erishgan.
Hayoti Charles Reade Oxfordshire shtatining Ipsden shahrida John Reade va Anne Marie Scott-Waring oilasida tugʻilgan. Uning toʻrtta ukasi bor edi. U Oksforddagi Magdalen kollejida tahsil olib, 1835-yilda bakalavr darajasini oldi va oʻzi bitirgan kollejda ishlay boshladi. Keyinchalik sanʼat fakulteti dekani va vitse-prezidenti boʻlib ishladi va 1847-yilda DCL darajasini oldiReade, p. 176. Uning ismi 1836-yilda Linkoln’s Innga kiritilgan.
Karyerasi
Reade oʻzining adabiy karyerasini dramaturg sifatida boshlagan va oʻzining qabr toshidagi kasblari roʻyxatida ham „dramaturg“ birinchi birinchi boʻlib yozilishini xohlagan. Muallif sifatida u doim sahna va vaziyatlarda, shuningdek, dialogda sahna madaniyatiga eʼtibor qaratgan. Uning „The Ladies' Battle“ nomli birinchi komediyasi 1851-yil may oyida Olimpiya teatrida sahnalashtirilgan. Undan keyin esa „Angela“ (1851), „A Village Tale“ (1852), „The Lost Husband“ (1852) va „Gold“ (1853) pyesalari yozilgan.
Manbalar