Ricardo Andrade Quaresma Bernardo (1983-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) – qanot hujumchisi pozitsiyasida oʻynagan portugaliyalik sobiq professional futbolchi.

Ricardo faoliyatini „Sporting CP“da boshlab, keyinchalik „Barselona“, „Inter Milan“, „Portu“ (ikki marta), „Chelsi“, „Beshiktosh“ (ikki marta), „Al-Ahli Dubay“, „Kasimpasha“ va „Vitoriya de Gimarayns“ klublarida toʻp surgan. Betakror isteʼdod egasi sifatida tan olingan Quaresmaning rabona va trivela (oʻng oyogʻining tashqi qismi bilan egri zarba berish) kabi usullari uni butun dunyo muxlislari orasida mashhur qilib qoʻygan.

15 yil davomida Portugaliya milliy terma jamoasi safida 80 ta oʻyin oʻtkazgan Quaresma uchta Yevropa chempionatida, jumladan gʻoliblik keltirgan Yevro-2016 hamda 2018-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Oʻyin uslubi Bir paytlar „beqaror, sirli isteʼdod“ deb taʼriflangan Quaresma oʻzining noyob qobiliyati bilan tanilgan edi. U oʻz oʻyin uslubiga rabona va trivela kabi bir qator mohirona usullarni qoʻshishi bilan mashhur boʻlib, ayniqsa trivelada oʻng oyogʻining tashqi qismi bilan egilib zarba berardi. Har ikki qanotda oʻynay oladigan bu qanot hujumchisi oʻzining ajoyib toʻp uzatish mahorati, ijodkorligi, dribling qobiliyati, texnikasi va toʻpni boshqarishdagi vazminligi bilan ajralib turardi. Bunga qoʻshimcha ravishda, uning tezligi va nozik harakatlari raqib himoyachilari uchun doimiy muammo tugʻdirardi. Shu bilan birga, u oʻz jamoadoshlari uchun maydonda boʻsh joy yaratib berish qobiliyatiga ham ega edi.

Garchi u yoshligida ommaviy axborot vositalarida juda istiqbolli futbolchi sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa-da, uning karyerasi beqarorlik bilan ajralib turardi. Bundan tashqari, murabbiylar va ommaviy axborot vositalari koʻpincha uning ish sur’ati, ruhiy holati, taktik intizomi va munosabatini shubha ostiga olishardi. Baʼzi mutaxassislar esa uni individualistik oʻyin uslubi va toʻpni haddan tashqari uzoq vaqt egallab turish odati tufayli xudbinlikda ayblashgan.

2017-yilda FIFA.com saytining muxbiri Marko Monteyro Quaresmani „gʻayritabiiy darajada isteʼdodli va ayni paytda jizzaki“ deb taʼriflagan edi. U karyerasi davomida bu zaifligini yengishga erishdi. BBC 2014-yilgi Jahon chempionati arafasida „u vataniga qaytganidan beri uning mehnatga munosabati namunali boʻlib kelmoqda“ deb taʼkidladi. The Daily Telegraph jurnalisti Jonathan Liew Yevro-2016 paytida shunday izoh berdi: „Shunday qilib, karyerasi tugadi deb hisoblangan futbolchi endi butun mamlakatning umidini oʻziga qaratdi. Tajribali Quaresma bugungi kunda ancha yetuk oʻyinchiga aylandi. U ijodkor, biroq ishonchli; kutilmagan harakatlar qila oladigan, ammo intizomli; oʻtmishni oʻzgartira olmaydigan, lekin hech boʻlmaganda oʻrganish alomatlarini koʻrsatayotgan insonga aylandi.“

Shaxsiy hayoti

Quaresma qisman loʻli kelib chiqishiga ega boʻlib, bu unga „O Cigano“ („Loʻli“) laqabini keltirgan. 2014-yilda raqibi tomonidan goʻyoki irqiy haqoratga uchragan paytda u shunday degan: „Odamlar hozirgi kunda irqchilik yoʻq deyishganini eshitganimda, kulgim keladi. Portugaliyada biror narsa sodir boʻlsa, doim loʻlilar, qora tanlilar, muhojirlar aybdor boʻladi. Bunday sharoitda yashash juda qiyin.“ 2020-yil mayda u siyosatchi Andre Venturaning loʻlilarga qarshi gaplarini qattiq tanqid qilgan.

Ommaviy axborot vositalari Quaresmani Portugaliyaning sobiq terma jamoa futbolchilari Alfredo Quaresma va Artur Quaresmaning jiyani deb notoʻgʻri maʼlumot tarqatgan. Keyinchalik buni Quaresmaning oʻzi inkor etib, shu bilan birga ularni „ilhom manbayi“ deb taʼriflagan. U futbolchi Eduardo Quaresmaning uzoq qarindoshi hisoblanadi.

Quaresma oʻzining tatuirovkalari bilan tanilgan. 2016-yilda u yuziga ikkita koʻz yoshi tomchisini tushirtirgan. Oʻsha yilning oxirida esa boshining orqa qismiga Zabur 91:4 oyatini tatuirovka qildirgan.

Quaresmaning turmush oʻrtogʻi bilan ikki oʻgʻli va oldingi munosabatidan bir qizi bor edi. Katolik diniga oʻtgan Quaresma 2016-yil iyulda Sintraning Perro Pinheiro shahrida oʻgʻillari bilan birga choʻqintirildi. Bu marosimda uning jamoadoshlari Eliseu va Karlos Martins ham ishtirok etishgan.

OAV Quaresma EA Sports kompaniyasining FIFA video oʻyinlari turkumida oʻrin olgan. U FIFA 18 oʻyinida besh yulduzli mahorat reytingiga erishgan 39 nafar futbolchidan biri boʻlgan.

Sport kiyimlari va jihozlari ishlab chiqaruvchisi Nike homiyligidagi Quaresma Nike Mercurial Superfly VI Elite rusumidagi futbol butsilari kiyib maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

Klub + Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSporting CP2001–02Primeira Liga28362—20—3652002–0331520—4010385Jami59882—60107410Barcelona2003–04La Liga22120—40—281Porto2004–05Primeira Liga32510—80324472005–0629540—60—3952006–0726610—82103682007–0827831—82103911Jami1142491—3045215831Inter Milan2008–09Serie A13100—60—1912009–1011000—20—130Jami24100—80—321Chelsea (ijara)2008–09Premyer-liga4010———50Beşiktaş2010–11Turkiya Superligasi21383—105—39112011–1225510—82—347Jami46893—187—7318Al Ahli2012–13BAA Pro ligasi10211———113Porto2013–14Primeira Liga124313163—2492014–153060031103—4310Jami42103162166—6719Beşiktaş2015–16Turkiya Superligasi26450—61—3752016–1729231—113104462017–1826441—70103852018–1926300—81—3442019–201000—00—10Jami10813122—3252015420Kasımpaşa2019–20Turkiya Superligasi24400———244Vitória Guimarães2020–21Primeira Liga2842010——3142021–222322010——262Jami5164020——576Umumiy faoliyati504774910821142282683113

Terma jamoa

+ Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarPortugaliya200310200410200520200620200712120087220090020102020115020123020130020144120156020161742017101201881Jami8010

Hisoblar va natijalar roʻyxatida Portugaliyaning gollari birinchi oʻrinda keltirilgan. Ball ustunida esa Quaresmaning har bir golidan keyingi hisob koʻrsatilgan.

+ Ricardo Quaresma tomonidan terma jamoa tarkibida kiritilgan gollar roʻyxati№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa12007-yil 24-martEstádio José Alvalade, Lissabon, Portugaliya3–04–02008-yilgi Yevropa chempionati saralashi22008-yil 6-fevralLetzigrund, Syurix, Shveysariya1–21–3Oʻrtoqlik32008-yil 11-iyunJeneva stadioni, Jeneva, Shveysariya3–13–12008-yilgi Yevropa chempionati42014-yil 11-oktyabrStad de Frans, Sen-Deni, Fransiya1–21–2Oʻrtoqlik52016-yil 29-mayDragau stadioni, Port-u, Portugaliya1–03–0Oʻrtoqlik62016-yil 8-iyunEstádio da Luz, Lissabon, Portugaliya2–07–0Oʻrtoqlik76–082016-yil 25-iyunBollaert-Delelis stadioni, Lens, Fransiya1–01–0 2016-yilgi Yevropa chempionati92017-yil 18-iyunQozon Arena, Qozon, Rossiya1–02–22017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi102018-yil 25-iyunMordovia Arena, Saransk, Rossiya1–01–12018-yilgi jahon chempionati

Yutuqlari

Sporting CP

Primeira Liga: 2001-02 Portugaliya kubogi: 2001-02 Supertaça Cândido de Oliveira: 2002

Porto

Primeira Liga: 2005-06, 2006-07, 2007-08 Portugaliya kubogi: 2005-06 Supertaça Cândido de Oliveira: 2004, 2006 Qitʼalararo kubok: 2004

Inter Milan

Seriya A: 2008-09, 2009-10 Italiya kubogi: 2009-10 UEFA Chempionlar ligasi: 2009-10

Beshiktosh

Turkiya Superligasi: 2015-16, 2016-17 Turkiya kubogi: 2010-11

Al-Ahli

BAA Prezidenti kubogi: 2012-13

Portugaliya U16

UEFA 16 yoshgacha boʻlganlar Yevropa chempionati: 2000

Portugaliya

UEFA Yevropa chempionati: 2016

Shaxsiy yutuqlari

LPFP Primeira Liga yilning eng yaxshi futbolchisi: 2005-06

SJPF oyning eng yaxshi futbolchisi: 2005-yil noyabr, 2005-yil dekabr, 2006-yil noyabr, 2006-yil dekabr

Davlat mukofotlari

Xizmat koʻrsatgan komandor ordeni unvoni sohibi

Manbalar

Havolalar

National team data

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:Sporting CP B futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Vitória S.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Beşiktaş J.K. futbolchilari Turkum:Kasımpaşa S.K. futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Shabab Al Ahli (Dubay) futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar