Irish International (yoki Irish Open) — bu Irlandiyada 1902-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan xalqaro badminton ochiq turniridir. Shuningdek bu dunyodagi eng qadimiy badminton turnirlaridan biri hisoblanadi. Turnir ikkala Jahon urushlari davrida vaqtinchalik to‘xtatilgan. Hozirda ushbu turnir Yevropa Badminton Federatsiyasi doirasidagi musobaqalar turkumiga kiradi va har yili noyabr oyining oxirida bo‘lib o‘tadi. Turnir Britaniya xalqaro turnirlari doirasi oyligidan joy olgan bo‘lib, Scottish Open va Welsh Open turnirlari bilan birgalikda ketma-ket haftalarda tashkil etiladi. Turnir so‘nggi yillarda, International Challenge darajasida o‘tkazilib kelinmoqda. Biroq, moliyaviy sabablarga ko‘ra, 2012, 2017 va 2018-yillarda musobaqa International Series darajasiga tushirilgan. So‘nggi yillarda musobaqalar asosan Baldoyle Badminton markazida o‘tkazilmoqda, 2007 va 2011-yillardagi musobaqalar esa bundan mustasno — ular Shimoliy Irlandiyaning Lisburn shahrida tashkil etilgan.

Gʻoliblar