Sherzod Rixsibaevich Tashmatov (1979-yil 5-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik sport arbobi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi.

Biografiyasi Sherzod Tashmatov 1979-yil 5-iyun kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2016-yilda Toshkentdagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialini, 2023-yilda esa Jismoniy tarbiya va sport davlat universitetini tamomlagan.

Faoliyati Sport federatsiyalaridagi faoliyati 2009–2014 – Oʻzbekiston Muay Tay assotsiatsiyasi raisi va IFMA (Xalqaro Muay Tay federatsiyasi) ijroiya qoʻmitasi aʼzosi. 2013–2014 – Sharq jang sanʼatlarini rivojlantirish markazi rais oʻrinbosari. 2014–2019 – Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari. 2016–2019 – AIBA ijroiya qoʻmitasi aʼzosi va Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti. 2019 yildan hozirgacha – WT Taekvondo assotsiatsiyasi raisi. Shuningdek, Oʻzbekiston MMA federatsiyasi rais oʻrinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan.

Milliy olimpiya qoʻmitasi 2020-yil 17-noyabrda Sherzod Tashmatov Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Mukofotlari „Mehnat shuhrati ordeni“ „Doʻstlik“ ordeni (2021) „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni (2024)

Manbalar