Rustam Nazarovich Haydaraliyev (1971-yil 21-aprelda tugʻilgan) – sovet va Tojikistonlik sobiq futbolchi. Faoliyati davomida himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻyanagn.
Biografiya Dushanbening Pomir klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rustam futbolchilik faoliyatini Tursunzodaning „Metallurg“ klubi tarkibida boshlagan. 1990—1992-yillar Metallurg klubi tarkibida oʻynagan.
1992-yil Ukrainaga koʻchib oʻtgan va 1992-yildan 1994-yilgacha Poltavaning „Vorskla“ jamoasida oʻynagan. Keyinchalik u Ukrainaning boshqa jamoalari, Gornyak va Makeevkaning Shaxtyor klublarida ham oʻynagan.
1996-yilgi mavsumda Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ jamoasida oʻynagan. 1997-yildan 1998-yilgacha Arzamasning „Torpedo“ jamoasida oʻynagan. 1999-yilda Ulyanovskning „Volga“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 1999-yil Tojikistonga qaytgan va bi muddat „Varzob“ klubida oʻynagan.
Rustam 2000-yilda Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan va u yerda Qaragʻandining „Shaxtyor-Ispat-Karmet“ jamoasida oʻynagan. 2001-yilgi mavsumni „Aktobe-Lento“ jamoasi tarkibida oʻ;tkazgan. 2002—2003-yillda Tarazning „Taraz“ klubida oʻynagan.
2000-yillar oʻrtalarida vataniga qaytgan va Dushanbening „Xima“ jamoasida oʻynagan. 2007-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Yutuqlar
Tojikiston chempioni: 1999-yil Tojikiston chempionatining kumush medali sovrindori: 1992, 2006-yillar Tojikiston kubogi sohibi: 1999-yil Tojikiston kubogi finalchisi: 1992, 2006, 2007-yillar
Manbalar
Havolalar
Rustam Haydaraliyev Footballfakts saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:FC Vorskla Poltava futbolchilari Turkum:FK Shaxtyor Makeevka futbolchilari Turkum:FC Hirnyk-Sport Horishni Plavni futbolchilari Turkum:FK Obninsk futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Nijniy Novgorod-2 futbolchilari Turkum:FK Arzamas futbolchilari Turkum:FC Volga Ulyanovsk futbolchilari Turkum:FK Vazrob klubi futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:Hima futbol klubi futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari