Aliyor Devloxovich Ashurmamadov (1968-yil 20-avgustda tugʻilgan futbolchi) – sovet va tojikistonlik sobiq futbolchi. Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan. Futbolchi sifatida faoliyatini yakunlaganidan soʻng futbol murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Biografiyasi
Futbolchilik faoliyati Aliyorning futboldagi birinchi ustozi Leonid Naumovich Firrer hisoblanadi. Aliyor faoliyati davomida quyidagi jamoalarda oʻynagan: SKIF-1 (Dushanbe, 1989), „Vaxsh“ (1990), „Pomir“ (1991—1992), „Lokomotiv“ (Moskva, 1993), „Avangard“ (Kolomna, 1994), „Anji“ (Mahachqalʼa, 1995—1998), „Varzob“ (Dushanbe, 1999—2000), „Irtish“ (Pavlodar, 2001—2002, 2005-yil mart-iyul), SKA „Pomir“ (Dushanbe, 2004-yil aprel-iyul), „Hima“ (Dushanbe, 2005-yil avgust – 2007).
Murabbiylik faoliyati 2008-yilda Tojikiston birinchi ligasi ishtirokchisi Pomir" (GBAO) jamoasiga murabbiylik qilganAliyor Ashurmamadov stal trenerom „Pamira“Na pole vixodit „Pamir“ GBAO . 2009-yilda Dushanbening „SSKA Pomir“ jamoasiga murabbiy sifatida tayinlangan va u yerda dekabrgacha ishlagan. Ashurmamadov rahbarligida SSKA 2009-yilgi respublika chempionatida sakkizinchi oʻrinni egallagan va klub tarixida birinchi marta Tojikiston kubogi finaliga chiqdi, biroq hal qiluvchi oʻyinda poytaxtning „Istiqlol“ jamoasiga 1:3 hisobida magʻlub boʻlganDushanbinskiy TsSKA „Pamir“ uvolil glavnogo trenera komandi Aliyora Ashurmamadova.
2009-yil oxiridan boshlab u Salohiddin Gʻofurov oʻrniga Tojikiston U-19 yoshlar terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan. Biroq, uning davrida terma jamoa bironta ham oʻyin oʻtkazmagan va Ashurmamadov keyinchalik Muhamamdjon Habibulloyev bilan almashtirilganAshurmamadov voshel v trenerskiy shtab TsSKA „Pamir“ .
2010-yilda u „Energetik“ (Dushanbe) jamoasini boshqargan. Ashurmamadov rahbarligida jamoa chempionatda 9 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gʻalaba qozongan, 5 ta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan va bitta durang oʻynagan. 16-turdan soʻng u murabbiylik lavozimidan boʻshatilgan.
2011-yil may oyida yana „CSKA Pomir“ klubi taklif etilgan va murabbiylar jamoasiga qoʻshilgan. 2012-yil mart oyidan boshlab uning bosh murabbiyi etib tayinlangan.
2013-yil avgust oyida u Gʻofurovning „Parvoz“ jamoasining katta murabbiyi lavozimini egalladi. 2018-yil 23-yanvarda „Panjsher“ klubi Ashurmamadovni oʻz jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlagan..
Shaxsiy hayoti Aliyor oilali, yetti farzandi bor. Oliy maʼlumotli.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro Tojikiston terma jamoasiYilOʻyinlarGollar199222199300199400199500199622199751199800199920200022200100200200200300200400200500200610Jami147
Terma jamoadagi gollari
№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa1.1992-yil 11-iyulAshxobod, TurkmanistonMarkaziy Osiyo kubogi2.3.1996-yil 8-mayMarkaziy Respublika stadioni, Dushanbe, Tojikiston1996-yil OSQ4.5.1997-yil 1-iyunThống Nhất Stadium, Xoshimin, Vyetnam1998-yil JSQ6.2000-yil 26-noyabrTaxti stadioni, Tabriz, Eron2002-yil JSQ7.
Yutuqlari Pomir Dushanbe
Tojikiston chempionati (1): 1992
Tojikiston kubogi (1): 1992
Varzob Dushanbe
Tojikiston chempionati (2): 1999, 2000 Tojikiston kubogi (1): 1999
Manbalar
Havolalar Aliyor Ashurmamadov
Aliyor Ashurmamadov
Aliyor Ashurmamadov
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:FC Khatlon futbolchilari Turkum:FC Anji Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:FK Avtozapchast futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv-D Moskva futbolchilari Turkum:FK Gigant Voskresensk futbolchilari Turkum:FK Avangard-Kortek futbolchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:FK Vazrob klubi futbolchilari Turkum:Hima futbol klubi futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:CSKA Pomir futbol klubi murabbiylari Turkum:Parvoz futbol klubi murabbiylari Turkum:Daleron-Oʻratepa futbol klubi murabbiylari Turkum:Hosilot futbol klubi murabbiylari Turkum:Panjsher futbol klubi murabbiylari Turkum:Istaravshan futbol klubi murabbiylari Turkum:Regar-TadAZ futbol klubi murabbiylari