Aurelia Bouchez (, 1960-yil 20-yanvarda tugʻilgan) – fransiyalik diplomat. 2011-yildan 2015-yilgacha Yevropa Ittifoqining Qozogʻistondagi elchisi, 2015-yildan 2021-yilgacha Ozarbayjondagi elchisi boʻlgan.
2021-yilda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Biografiyasi Parij siyosiy tadqiqotlar institutini bitirgan.
1984-yilda Parij shahri meriyasida oʻz faoliyatini boshladi.
1989-yildan 1993-yilgacha Fransiya tashqi ishlar vazirligi Yevropa ishlari boshqarmasi kotibi.
1993-yildan 1995-yilgacha Fransiyaning Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotidagi doimiy vakolatxonasida siyosiy maslahatchi, keyinchalik Birlashgan Millatlar tashkilotida missiya rahbari.
1999-2003-yillarda Fransiyaning Moskvadagi elchixonasida siyosiy maslahatchi.
2003-2007 – Fransiya tashqi ishlar vazirligi Yevropa ishlari boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
2007-2011 – Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti bosh kotibi oʻrinbosari.
2011-2015 – Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi.
2015-2019 – Fransiyaning Qozogʻistondagi elchisi.
2019-2021 – Bretan viloyati prefektida maslahatchi.
2021-yil oktyabrdan 2025-yil avgustgacha Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchisi.
2025-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar