2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi saralashi 2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi rasmiy musobaqasidan oldingi dastlabki bosqichi bo‘lib, unda jamoalar asosiy bosqichga yo‘llanma olish uchun bahslashadi. Saralash, uch bosqichli saralash bosqichi va pley-off bosqichidan iborat. U 2025-yil 8-iyulda boshlangan va 27-avgustda yakunlangan.
2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi saralash tizimida jami 53 ta jamoa ishtirok etdi: ulardan 42 tasi „Champions Path“ („Chempionlar yo‘li“)da, 11 tasi „League Path“ („Liga yo‘li“)da o‘ynadi. Pley-off bosqichidagi yetti g‘olib („Chempionlar yo‘li“dan besh, „Liga yo‘li“dan ikki) liga bosqichiga chiqib, liga bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirgan 29 ta jamoa safiga qo‘shildi.
Vaqtlar UEFA tomonidan belgilangan CEST (UTC+2) bo‘yicha ko‘rsatilgan (agar mahalliy vaqt boshqacha bo‘lsa, qavs ichida berilgan).
Format Saralash bosqichi va pley-off bosqichi ikki yo‘lga bo‘linadi — „Chempionlar yo‘li“ va „Liga yo‘li“. „Chempionlar yo‘li“da o‘z mamlakat ligasida chempion bo‘lgan jamoalar ishtirok etadi, „Liga yo‘li“da esa o‘z ligalarida ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoalar qatnashadi.
Har bir juftlik mehmon-mezbon tizimida bittadan bahs o‘tkazadi. Ikkala o‘yinda jami ko‘proq gol urgan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Agar ikkinchi o‘yinning asosiy vaqti oxirida jami hisob teng bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt o‘tkaziladi; agar qo‘shimcha vaqt davomida ham har ikkala jamoa bir xil gol urgan bo‘lsa, g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi.
Har bir bosqich qur‘alari uchun jamoalar mavsum boshidagi UEFA klublar koeffitsiyentlari asosida taqsimlanadi va jamoalar urug‘langan (yuqori reytingga ega) hamda urug‘lanmagan (pastroq reytingga ega) guruhlarga ajratiladi, har bir guruhda teng sonli jamoalar bo‘ladi. Urug‘langan jamoa urug‘lanmagan jamoa bilan juftlanadi, har bir juftlikdagi o‘yinlar tartibi qur‘a orqali aniqlanadi. Oldingi bosqich g‘oliblarining kimligi qur‘a vaqtida ma’lum bo‘lmasligi mumkinligi sababli, urug‘lash shunday taxmin bilan amalga oshiriladi: hali aniqlanmagan juftlikda yuqori koeffitsiyentga ega jamoa keyingi bosqichga chiqqan deb hisoblanadi. Agar past koeffitsiyentga ega jamoa keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa, u shunchaki raqibining urug‘langan jamoa sifatidagi o‘rnini egallaydi. Qur‘alardan oldin UEFA, faqatgina qur‘ani qulay o‘tkazish maqsadida, Klublar musobaqalari qo‘mitasi tomonidan belgilangan tamoyillarga muvofiq, qur’ani qulayroq o‘tkazish uchun vaqtincha tuziladigan sun’iy guruhlar hosil qilishi mumkin, bu guruhlar musobaqadagi haqiqiy guruhlashga o‘xshamaydi. UEFA tomonidan siyosiy mojaro bo‘lgan mamlakatlar jamoalari bir juftlikka tushirilmasligi kerak. Qur‘adan so‘ng, o‘yinlar tartibi (qaysi jamoa birinchi bo‘lib uyda o‘ynashi) taqvim yoki stadion bilan bog‘liq muammolar sababli UEFA tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Taqvim Musobaqa taqvimi quyidagicha: +2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi saralash va pley-off bosqichi taqvimiBosqichQur’a sanasiBirinchi o‘yinIkkinchi o‘yinBirinchi saralash bosqichi2025-yil 17-iyun2025-yil 8–9-iyul2025-yil 15–16-iyulIkkinchi saralash bosqichi2025-yil 18-iyun2025-yil 22–23-iyul2025-yil 29–30-iyulUchinchi saralash bosqichi2025-yil 21-iyul2025-yil 5–6-avgust2025-yil 12-avgustPley-off bosqichi2025-yil 4-avgust2025-yil 19–20-avgust2025-yil 26–27-avgust
Jamoalar Quyidagi ma’lumotlar Rossiyaning UEFA tomonidan davom etayotgan chetlatilishi bilan bog‘liq holatni aks ettiradi.
Chempionlar yo‘li „Chempionlar yo‘li“ga ChL ning liga bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olmagan mahalliy liga chempionlari kiradi va u quyidagi bosqichlardan iborat:
Birinchi saralash bosqichi (28 ta jamoa): ushbu bosqichga kirgan 28 ta jamoa. Ikkinchi saralash bosqichi (24 ta jamoa): ushbu bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirgan 10 ta jamoa va birinchi saralash bosqichi g‘oliblari bo‘lgan 14 ta jamoa. Uchinchi saralash bosqichi (12 ta jamoa): ikkinchi saralash bosqichi g‘oliblari bo‘lgan 12 ta jamoa. Pley-off bosqichi (10 ta jamoa): ushbu bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirgan kirgan 4 ta jamoa va uchinchi saralash bosqichi g‘oliblari bo‘lgan 6 ta jamoa.
2024/25-yilgi UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi o‘z mamlakat ligasi chempioni sifatida 2025/26-yilgi musobaqaga ham yo‘llanma olgan taqdirda, 2025-yilgi UEFA jamoa koeffitsiyentlariga asoslangan standart kirish ro‘yxati o‘zgartirilishi mumkin.
„Chempionlar yo‘li“dan chiqib ketgan barcha jamoalar yoki Yevropa ligasiga, yoki Konferensiyalar ligasiga quyidagicha yo‘l oladi:
birinchi saralash bosqichida yutqazgan jamoalar, agar ular Konferensiyalar ligasi „Chempionlar yo‘li“ning uchinchi saralash bosqichiga avtomatik o‘tish olmagan bo‘lsa, Konferensiyalar ligasi „Chempionlar yo‘li“ning ikkinchi saralash bosqichiga chiqadi. ikkinchi saralash bosqichida yutqazgan 12 ta jamoa Yevropa ligasi „Chempionlar yo‘li“ning uchinchi saralash bosqichiga chiqadi. uchinchi saralash bosqichida yutqazgan 6 ta jamoa Yevropa ligasining pley-off bosqichiga chiqadi. pley-off bosqichida yutqazgan 5 ta jamoa Yevropa ligasining liga bosqichiga chiqadi.
Quyida „Chempionlar yo‘li“da ishtirok etgan jamoalar keltirilgan (ularning 2025-yilgi UEFA jamoa koeffitsiyentlari bilan). Ranglar izohiPley-off bosqichida g‘olib bo‘lib, liga bosqichiga chiqqan jamoalarPley-off bosqichida mag‘lub bo‘lib, Yevropa ligasining liga bosqichiga chiqqan jamoalarUchinchi saralash bosqichida mag‘lub bo‘lib, Yevropa ligasining pley-off bosqichiga chiqqan jamoalarIkkinchi saralash bosqichida mag‘lub bo‘lib, Yevropa ligasi uchinchi saralash bosqichiga chiqqan jamoalarBirinchi saralash bosqichida mag‘lub bo‘lib, avtomatik o‘tish bilan Konferensiyalar ligasining uchinchi saralash bosqichiga chiqqan jamoalarBirinchi saralash bosqichida mag‘lub bo‘lib, Konferensiyalar ligasining ikkinchi saralash bosqichiga chiqqan jamoalar +Pley-off bosqichiJamoa Bodø/Glimt49.000 Celtic38.000 Basel33.000 Sturm Graz23.000 +Ikkinchi saralash bosqichiJamoa Copenhagen44.875 Red Star Belgrade44.000 Ferencváros39.000 Maccabi Tel Aviv37.500 Slovan Bratislava33.500 Qarabağ32.000 Dynamo Kyiv23.500 Lech Poznań19.000 Rijeka12.000 Pafos11.125+Birinchi saralash bosqichiJamoa Ludogorets Razgrad24.000 FCSB22.500 Olimpija Ljubljana17.375 Malmö FF14.500 Žalgiris12.000 RFS11.000 Zrinjski Mostar10.000 Lincoln Red Imps10.000 KuPS10.000 The New Saints9.000 Drita9.000 Breiðablik9.000 Linfield8.500 Budućnost Podgorica8.000 Inter Club d'Escaldes7.500 Shkëndija7.500 FCI Levadia6.500 Dinamo Minsk6.000 Hamrun Spartans6.000 Qayrat5.500 Milsami Orhei5.500 Noah5.000 Differdange 035.000 Iberia 19994.500 Víkingur Gøta4.000 Shelbourne2.993 Egnatia2.500 Virtus1.500
Liga yo‘li „Liga yo‘li“ga ChL ning liga bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olmagan liga chempioni bo‘lmagan jamoalar kiradi va u quyidagi bosqichlardan iborat:
Ikkinchi saralash bosqichi (6 ta jamoa): ushbu bosqichga kirgan 6 ta jamoa. Uchinchi saralash bosqichi (8 ta jamoa): ushbu bosqichga kirgan 5 ta jamoa va ikkinchi saralash bosqichi g‘oliblari bo‘lgan 3 ta jamoa. Pley-off bosqichi (4 ta jamoa): uchinchi saralash bosqichi g‘oliblari bo‘lgan 4 ta jamoa.
„Liga yo‘li“dan chiqib ketgan barcha jamoalar Yevropa ligasiga quyidagicha yo‘l oladi:
ikkinchi saralash bosqichida yutqazgan 3 ta jamoa uchinchi saralash bosqichiga chiqadi. uchinchi saralash bosqichida yutqazgan 4 ta jamoa liga bosqichiga chiqadi. pley-off bosqichida yutqazgan 2 ta jamoa ham liga bosqichiga chiqadi.
Quyida „Liga yo‘li“da ishtirok etgan jamoalar keltirilgan (ularning 2025-yilgi UEFA jamoa koeffitsiyentlari bilan). Ranglar izohiPley-off bosqichida g‘olib bo‘lib, liga bosqichiga chiqqan jamoalarPley-off bosqichida mag‘lub bo‘lib, Yevropa ligasining liga bosqichiga chiqqan jamoalarUchinchi saralash bosqichida mag‘lub bo‘lib, Yevropa ligasining liga bosqichiga chiqqan jamoalarIkkinchi saralash bosqichida mag‘lub bo‘lib, Yevropa ligasi uchinchi saralash bosqichiga chiqqan jamoalar +Uchinchi saralash bosqichiJamoa Benfica87.750 Club Brugge71.750 Feyenoord71.000 Fenerbahçe47.250 Nice20.000+Ikkinchi saralash bosqichiJamoa Rangers71.250 Red Bull Salzburg48.000 Viktoria Plzeň39.250 Panathinaikos16.000 Servette11.500 Brann7.937
Birinchi saralash bosqichi
Tasniflash Umumiy hisobda birinchi saralash bosqichida 28 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalarning tasniflanishi ularning 2025-yilgi UEFA klublar koeffitsiyentlariga asoslangan edi. Qur‘a oldidan, Klublar musobaqalari qo‘mitasi qoida-prinsiplariga muvofiq UEFA jamoalarni uchta guruhga bo‘ldi: ikkitasida besh urug‘langan va besh urug‘lanmagan jamoa, bittasida esa to‘rt urug‘langan va to‘rt urug‘lanmagan jamoa bor edi. Har bir juftlikda qur‘a orqali birinchi chiqarilgan jamoa birinchi o‘yinda mezbon sifatida maydonga tushdi. 1-guruh2-guruh3-guruhUrug‘langanUrug‘lanmaganUrug‘langanUrug‘lanmaganUrug‘langanUrug‘lanmagan
Umumiy ma’lumotlar
Birinchi o‘yinlar 2025-yil 8- va 9-iyul kunlari, ikkinchi o‘yinlar esa 15- va 16-iyul kunlari o‘tkazildi.
Juftliklarda g‘olib chiqqan jamoalar „Chempionlar yo‘li“ ikkinchi saralash bosqichiga chiqishdi. Mag‘lub bo‘lgan 12 ta jamoa Konferensiyalar ligasi „Chempionlar yo‘li“ning ikkinchi saralash bosqichiga o‘tishdi, qolgan 2 ta mag‘lub jamoa esa (qur’a orqali tanlangan) Konferensiyalar ligasi „Chempionlar yo‘li“ning uchinchi saralash bosqichiga o‘tishdi.
O‘yinlar
Umumiy hisob 2:2; Hamrun Spartans penaltilar seriyasida 11:10 hisobida g‘alaba qozondi.
KuPS umumiy 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shkëndija umumiy 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Malmö FF umumiy 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
RFS umumiy 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Drita umumiy 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Lincoln Red Imps umumiy 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Breiðablik umumiy 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shelbourne umumiy 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
FCSB umumiy 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Zrinjski Mostar umumiy 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayrat umumiy 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Noah umumiy 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ludogorets Razgrad umumiy 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkinchi saralash bosqichi Ikkinchi saralash bosqichi uchun qur’a 2025-yil 18-iyunda bo‘lib o‘tdi.
Tasniflash Ikkinchi saralash bosqichida jami 30 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalarning savatchalarga ajratilishi ularning 2025-yilgi UEFA klublar koeffitsientlariga asoslangan edi. Qur’a oldidan UEFA Klublar musobaqalari qo‘mitasi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq jamoalar uchta guruhga ajratildi, har birida to‘rttadan urug‘langan va to‘rttadan urug‘lanmagan jamoa bor edi. Har bir juftlikda birinchi bo‘lib savatchadan olingan jamoa dastlabki o‘yin mezboni etib belgilandi. +Chempionlar yo‘li1-guruh2-guruh3-guruhUrug‘langanUrug‘lanmaganUrug‘langanUrug‘lanmaganUrug‘langanUrug‘lanmagan +Liga yo‘liUrug‘langanUrug‘lanmagan
Izoh
Umumiy ma’lumotlar
Birinchi uchrashuvlar 22- va 23-iyul kunlari, javob uchrashuvlari esa 29- va 30-iyul 2025-yil sanalarida o‘tkazildi.
G‘olib jamoalar uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi. Mag‘lub jamoalar esa Yevropa ligasining uchinchi saralash bosqichiga o‘tkazildi.
Chempionlar yo‘li o‘yinlari
Malmö FF umumiy 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dynamo Kyiv umumiy 6:0 hisobida g‘alaba qozondi..
Pafos umumiy 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Red Star Belgrade umumiy 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ferencváros umumiy 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Lech Poznań umumiy 8:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Copenhagen umumiy 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ludogorets Razgrad umumiy 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shkëndija umumiy 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Slovan Bratislava umumiy 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Qarabağ umumiy 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayrat umumiy 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Liga yo‘li o‘yinlari
Red Bull Salzburg umumiy 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Viktoria Plzeň umumiy 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Rangers umumiy 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchinchi saralash bosqichi
Uchinchi saralash bosqichi qurʼasi 2025-yil 21-iyulda boʻlib oʻtdi.
Tasniflash