Bethany Charlotte Firth (tugʻilgan sanasi: 14-fevral 1996-yil) – shimoliy irlandiyalik paralimpiya suzuvchisi. 2014-yildan beri u Buyuk Britaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashadi. Ilgari Bethany Firth Irlandiya sharafini himoya qilgan. Olti karra Paralimpiya oltin medali sovrindori boʻlib, u oʻzining asosiy suzish usuli boʻlgan 100 metrga chalqancha usulda suzish bahslarida Irlandiya sharafini 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida va Buyuk Britaniya sharafini 2016 va 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida himoya qilib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Bularga qoʻshimcha ravishda, 2020-yilgi Paralimpiada oʻyinlardagi aralash 4 x 100 metrga erkin usulda suzish estafetasi S14 toifasi va 2016-yilgi Paralimpiada oʻyinlarida Buyuk Britaniya nomidan qatnashib 200 metrga aralash usulda suzish va 200 metrga erkin usulda suzish bahslarida gʻolib boʻlgan. Musobaqalar davomida, u uchta oltin va bitta kumush medal bilan mamlakatning eng muvaffaqiyatli paralimpiyachisiga aylangan. Musobaqalarda Bethany Firth intellektual nogironligi boʻlgan sportchilar uchun S14 toifasida qatnashadiBetani Firth . rio2016.com.

Shaxsiy hayoti Bethany Charlotte Firth 1996-yil 14-fevralda Shimoliy Irlandiyaning Down okrugidagi Seaforde shahrida tugʻilgan. Uning otasi Piter oʻqituvchi va sobiq cherkov vaziri, onasi Lindsey esa hamshira boʻlgan. Bethany Firth xristian va Xristian Fellowship Church aʼzosi. Charlotte Dundonalddagi Longstone maktabida tahsil olgan.

Bethany Firthda oʻrganishda qyinchilik tugʻdiradigan qisqa muddatli xotira yoʻqotish kasalligi mavjud. Shuning uchun bahslarda u S14 toifasida qatnashadi.

Suzish faoliyati 2012-yil 31-avgustda Bethany Firth, oʻzining birinchi Paralimpiadasida Irlandiya vakili sifatida, 2012-yilgi London paralimpiada oʻyinlarida S14 toifasida 100 metrga chalqancha usulda suzish finalida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Qisqa xotiraga ega boʻlgan Bethany Firth, bu musobaqaga qadar atigi uch yil davomida suzish bilan shugʻullangan.

Firth 2013-yilgi XPQ Suzish boʻyicha jahon chempionatida uchta kumush medalga sazovor boʻlgan.

Xuddi shu yilning oxirida u musobaqadan tashqari muddatni oʻtab boʻlgach, milliy termani almashtirish va Irlandiya oʻrniga Team GB tarkibida suzish niyatini eʼlon qilgan, chunki Team GBda boshqa S14 suzuvchilari oʻrganishda qiyinchilikka uchraydiganlar ham boʻlib, Bethany ular bilan yaxshiroq rivojlanishi mumkin edi. Keyingi yili u Shimoliy Irlandiya sharafini 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida himoya qilgan va nogiron boʻlmagan sportchilar bilan yettita musobaqada bahslashgan.

2015-yil mart oyida Bethany Firth XPQ jahon chempionatiga saralashda S14 100 metrga brass usulda suzish boʻyicha jahon rekordini yangilagan. Bethany Firth musobaqadan bir necha kun oldin mashgʻulot paytida bilagi sinib qolgani sababli jahon chempionatida qatnasha olmagan.

2016-yil 26-aprelda, 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga saralash bosqichida, Bethany Firth S14 toifasida 200 metrga erkin usulda suzishda yangi jahon rekordini oʻrnatgan. Glazgoda boʻlib oʻtgan Britaniya Para-Xalqaro musobaqasida u 2:03.70 natija qayd etgan.

2016-yil 8-sentyabrda Bethany Firth 2012-yilda qoʻlga kiritgan S14 toifasidagi 100 metrga chalqancha usulda suzish natijasini Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ham qayta namoyish etgan. U buni Paralimpiada GB tarkibida qatnashayotganda 1:04.05 lik vaqt natijasi, jahon rekordi vaqti bilan amalga oshirgan va gʻalaba qozonganSport, Disability. „Rio Paralympics: Bethany Firth secures gold medal in world record time“, BBC Sport. 9 September 2016. Retrieved on 9 September 2016.. U shuningdek, ayollar 200 metrga erkin usulda suzish S14 bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan va ayollar 200 metrga aralash usulda suzish SM14 musobaqasida va ayollar 100 metrga brass usulda suzish SB14 bahslarida kumush medallariga sazovor boʻlgan.

2020-yilgi Tokio Paralimpiadasida Bethany Firth oʻz unvonini 100 metrga chalqancha usulda suzish S14 bahslarida himoya qildi va shuningdek, aralash 4 x 100 metrga erkin usulda suzish estafetasi S14da oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, u ayollar 200 metrga erkin usulda suzish S14 musobaqasida kumush medalni va ayollar 200m aralash usul SM14da ham yana bir kumush medal bilan taqdirlandi.

Bethany Firth suzish sportidagi fidokorona xizmatlari uchun 2017-yilgi Yangi yil mukofotlarida Britaniya Imperiyasi ordeni aʼzosi (MBE) etib tayinlandi va suzish sportidagi xizmatlari uchun 2022-yilgi Yangi yil mukofotlarida Britaniya Imperiyasi ordeni ofitseri (OBE) darajasiga erishdi.

Bethany Firth shuningdek, 2017-yilda Belfast Qirolicha universitetidan faxriy doktor unvonini olgan.

Tan olinishi Bethany Firth 2019-yilda BBCning 100 ta ayoli roʻyxatiga kiritilgan.

Yana qarang 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Irlandiya 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari oltin pochta qutilari

Manbalar

Havolalar

Betani Firth Paralimpiada Irlandiyada (arxivlangan)

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shimoliy Irlandiyalik ayol suzuvchilar Turkum:S14 klassifikatsiyali para-suzuvchilar Turkum:Irlandiyalik paralimpiya suzuvchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya suzuvchilari Turkum:Irlandiyalik paralimpiya oltin medali sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya oltin medali sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya kumush medali sovrindorlari Turkum:Suzish boʻyicha paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:Suzish boʻyicha Hamdoʻstlik oʻyinlari oltin medali sovrindorlari Turkum:Shimoliy Irlandiyalik Hamdoʻstlik oʻyinlari oltin medali sovrindorlari Turkum:2014 Hamdoʻstlik oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:2022 Hamdoʻstlik oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:Jahon Para-Suzish Chempionatlari medal sovrindorlari Turkum:Yevropa Para-Suzish Chempionatlari medal sovrindorlari Turkum:Britaniya Imperiyasi ordeni ofitserlari Turkum:Shimoliy Irlandiyalik xristianlar Turkum:2022 Hamdoʻstlik oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Down okrugi suzuvchilari Turkum:Irlandiyalik ayol suzuvchilar Turkum:Britaniyalik ayol suzuvchilari Turkum:21-asr Shimoliy Irlandiya sportchilari