2025-yilgi MOFA millatlar kubogi (CAFA Nations Cup yoki CAFA Millatlar kubogi) – Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (MOFA) tomonidan har ikki yilda bir marta tashkil etiladigan Markaziy Osiyoning erkaklar futboli boʻyicha xalqaro chempionatining ikkinchi turniri boʻladi. Musobaqa 29-avgustdan 8-sentyabrgacha Tojikiston va Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.
Tarix 2025-yil aprelda MOFA tashkilotining oʻn yilligini nishonlash munosabati bilan MOFA Millatlar kubogining ikkinchi turniri 2025-yil sentyabr oyida oʻtkazilishi eʼlon qilindi.
2025-yil iyunda ikkinchi nashrning Oʻzbekiston va Tojikistonda 2025-yil 29-avgustdan 8-sentyabrgacha oltita aʼzo uyushma hamda mehmon jamoalar sifatida Malayziya va Ummon ishtirokida birgalikda oʻtkazilishi tasdiqlandi.
2025-yil 15-iyulda Malayziya logistika va futbolchilarning ishtirok eta olmasligi muammolarini sabab qilib koʻrsatgan holda, musobaqadan chiqishini maʼlum qildi. 2025-yil 30-iyulda B guruhida Malayziya oʻrniga Hindistonning mehmon jamoa sifatida ishtirok etishi eʼlon qilindi.
Ishtirokchi davlatlar DavlatIshtirokAvvalgi eng yaxshi natija2-marta160 (taklif qilingan)1-marta1272-marta182-marta103 (taklif qilingan)2-marta77 2-marta1042-marta142 2-marta57
Jamolarni savatlarga ajratish (ekish) Quyidagi sakkiz jamoa 2025-yil aprel oyidagi FIFA reytingiga asosan taqsimlandi. Malayziya (131-oʻrinni egallagan) 3-iyuldagi qur’a tashlashda qatnashgan boʻlsa-da, keyinchalik 15-iyulda musobaqadan oʻz ixtiyori bilan chiqib ketdi. 1-savat 2-savat 3-savat 4-savat
Qur’a natijasi Qur’a tashlash marosimi 2025-yil 3-iyul kuni Dushanbeda mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da (UTC+5) oʻtkazilib, YouTube orqali jonli efirda namoyish etildi. Qur’a natijasida quyidagi guruhlar shakllandi. Qur’a tashlash paytida Malayziya ham guruhlarga kiritilgan edi, biroq keyinchalik uning oʻrnini Hindiston egalladi: + A guruhi Jamoa A1 A2 A3 A4 + B guruhi Jamoa B1 B2 B3 B4
Stadionlar HisorHisor markaziy stadioniSigʻimi: 20,000482x482pxTashkentOlimpiya stadioniJAR stadioni Sigʻimi: 12,000 Sigʻimi: 8,500
Tarkiblar
Har bir jamoa dastlabki tarkibga 35 nafargacha oʻyinchini, ularning uchtasi albatta darvozabon boʻlishi shart boʻlgan holda, roʻyxatdan oʻtkazishi kerak edi. Ushbu roʻyxatdan har bir oʻyin uchun alohida tarkib tanlab olinishi mumkin edi.
Musobaqa rasmiylari Musobaqa uchun quyidagi mas’ul shaxslar tanlab olingan. (†): Shuningdek, bosh hakamlar turli oʻyinlarda ikki vazifani ham bajargan.
Bosh hakam Mooud Bonyadifard (†) (Eron) Hasan Akrami (†) (Eron) Sanzhar Jakipbekov (†) (Qirgʻiziston) Zayniddin Alimov (†) (Qirgʻiziston) Abdullo Davlatov (†) (Tojikiston) Sajëçon Zajniddinov (Tojikiston) Firdavs Norsafarov (†) (Oʻzbekiston) Ilgiz Tantashev (†) (Oʻzbekiston)
Yordamchi hakamlar, toʻrtinchi hakamlar va VAR tizimi hakamlari Alireza Ildorom (Eron) Farhad Moravveji (Eron) Ali Reza Moradi (Eron) Vahid Kazemi (Eron) Eldos Murzabekov (Qirgʻiziston) Nurzatbek Abdıkadırov (Qirgʻiziston) Kanat Mırsabekov (Qirgʻiziston) Nuraalı Abdunabiev (Qirgʻiziston) Ismoil Nuraliev (Tojikiston) Farhod Kuralov (Tojikiston) Sadullo Gulmurodi (Tojikiston) Hasan Karimov (Tojikiston) Andrey Sapenko (Oʻzbekiston) Alisher Usmonov (Oʻzbekiston) Ahrol Risqullayev (Oʻzbekiston) Bahtiyorxoʻja Shavkatov (Oʻzbekiston)
Guruh bosqichi Barcha vaqtlar Oʻzbekiston & Tojikiston mahalliy vaqti boʻyicha koʻrsatilgan (UTC+5).
Durrang holat yechimi Jamoalar ochkolarga koʻra saralandi (gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko, magʻlubiyat uchun 0 ochko). Agar ochkolar teng boʻlsa, reytingni aniqlash uchun quyidagi mezonlar belgilangan tartibda qoʻllanildi:
Teng turgan jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro uchrashuvlarda toʻplangan ochkolar; Teng turgan jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro uchrashuvlardagi gollar farqi; Bir xil ochko toʻplagan jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro uchrashuvlarda urilgan gollar soni; Agar ikkitadan koʻp jamoa teng boʻlsa va yuqoridagi barcha oʻzaro bellashuv mezonlari qoʻllanilgandan soʻng ham jamoalarning bir qismi hamon tenglikda qolsa, yuqoridagi barcha oʻzaro bellashuv mezonlari faqat shu teng qolgan jamoalarga nisbatan qayta qoʻllanadi; Guruh bosqichidagi barcha oʻyinlardagi gollar farqi; Guruh bosqichidagi barcha oʻyinlarda urilgan gollar; Guruhning soʻnggi turida faqat ikki jamoa teng natija koʻrsatgan va ular oʻzaro uchrashgan boʻlsa, gʻolib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi.; Intizomiy ballar (sariq kartochka = 1 ball, ikkita sariq kartochka natijasida qizil kartochka = 3 ball, toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka = 3 ball, sariq kartochkadan keyin toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka = 4 ball); Qur’a tashlash.
A guruhi
B guruhi
Pley-off bosqichi
Bosqichlar
Uchinchi oʻrin uchun oʻyin
Final
Toʻpurarlar
Mukofotlar Turnir yakunida quyidagi mukofotlar topshirildi: Eng yaxshi futbolchi Hojiakbar Alijonov Eng yaxshi toʻpurar Igor Sergeyev Eng yaxshi darvozabon Payam Niazmand Halol oʻyin sovrini Tojikiston
Translyatsiya huquqlari HududHuquq egalariOʻzbekistonOʻzMTRK SportQirgʻizistonQirgʻiz Sport TVTojikistonTV FutbolEronIRIB TV3HindistonFanCodeXalqaroPRO kompaniyasi
Homiylar 1xBet Evar Koinoti Nav Siyoma Tojiktelecom
Izohlar
Manbalar
Havolalar MOFA musobaqalari Rasmiy veb-sayt: the-cafa.com 2025-yilgi MOFA millatlar kubogi GSA saytida 2025-yilgi MOFA millatlar kubogi Soccerway saytida
Turkum:MOFA Millatlar Kubogi Turkum:2025-yil Osiyoda erkaklar futboli Turkum:2025-yilda Oʻzbekiston futboli Turkum:2025-yilda Tojikiston futboli Turkum:Oʻzbekiston tomonidan oʻtkazilgan xalqaro erkaklar futboli musobaqalari Turkum:Tojikiston tomonidan oʻtkazilgan xalqaro erkaklar futboli musobaqalari