Sabuktakin Salur (1923-yil 26-oktyabr – 1991-yil 8-noyabr) – eronlik jurnalist va tarixiy roman yozuvchisi boʻlgan. Shuningdek, u koʻplab mashhur radio va televideniye seriallarini yozgan.

Hayoti va ijodi Uning Qurbongoh, Bedun-e eshq hargiz, Qubod va Qoratgoron kabi romanlari asosan qurbonlik, sharaf va oila fojiasi mavzulari bilan ajralib turgan qiziqarli hikoyalar edi. 1980-yilda, Eron Islom inqilobidan keyin, fors monarxiya tarixini ulugʻlagani bilan tanilgan jurnalist va muallif uchun muhit endi xavfsiz emasligi sababli, u Erondan ketishga majbur boʻlgan. Kanadaning Edmonton, Alberta shahriga kelib joylashadi va 1991-yilda oʻsha yerda vafot etadi.

Salur hikoya aytishga qiziqardi; uning hikoyalari, odatda Qadimgi Forsda boʻlib oʻtgan, oilaning va patriarxal figuraning oʻzini qurbon qilish ramzi sifatidagi ahamiyatini ifodalagan. Adabiy uslub jihatidan u Firdavsiy kabi fors adabiyot ustalaridan, shuningdek, amerika kinematografiyasi, ayniqsa Vestern janridan kuchli taʼsirlangan. Qiziqarli vaziyat yaratish ustasi boʻlgani sababli uning hikoyalari 1960-yillarda radio tinglovchilari orasida doimo qiziqish uygʻotgan.

Salurning kitoblari hozirgacha nashr etilmoqda va uning koʻplab hikoyalari Shimoliy Amerikadagi eronliklar gazetalarida serial sifatida chop etilishda davom etmoqda.

U Abdussamad Mirzo Izz ad-Davla Salurning nevarasi edi.

Manbalar

Havolalar „Qoratgoron“ televideniye seriyasi, Sabuktakin Salur, Bedun-e eshq hargiz, 2006, Sabuktakin Salur, Qubod, 1997, Sabuktakin Salur, Qurbongoh, 2000,

Turkum:Qojor shahzodalari Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:1991-yilda vafot etganlar Turkum:Eronlik erkak romanchilar Turkum:Eronlik romanchilar Turkum:Kanadaga koʻchib oʻtgan eronliklar Turkum:20-asr romanchilari Turkum:Eronlik jurnalistlar