Vladimir Stepanovich Yeremeyev (1929-yil 20 mayda, Moskvada tugʻilgan – 2002-yilda vafot etgan) – sovet futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. SSSR sport ustasi.
Futbol faoliyati Vladimir 1949-yilda Sverdlovskning „Avangard“ jamoasida oʻz futbol faoliyatini boshlagan. 1950-yilda Stalinoning birinchi ligada ishtirok etgan klubi „Shaxtyor“ ga taklif qilingan. Keyinchalik ikkinchi liga klublari – Moskvaning „Ximik“ va Kalininning „Spartak“ jamoalarida toʻp surgan. 1956-yil mavsum avvalida oliy ligaga koʻtarilgan Kishinyovning „Burevestnik“ klubi tarkibiga qoʻshilgan, keyinchalik bu klub Kishinyovning „Moldova“ deb qayta nomlangan. 1960-yil yozida Yaroslavlning „Shinnik“ klubiga oʻtgan va 1961-yilda, shu jamoada faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u murabbiy sifatida ishlashni boshlagan. 1962-yildan 1964-yilgacha Ukrainaning Lutsk shahridagi „Volyn“ klubini boshqargan. 1965—1966-yillarda Ashxoboddagi „Stroitel“ klubining bosh murabbiyi boʻlgan. Uning keyingi klubi Belarusning „Spartak Gomel“ jamoasi boʻlib, klubni 1967-yildan 1968-yilgacha boshqargan. Shundan soʻng Ryazanning „Spartak“ jamoasiga rahbarlik qilgan. 1975—1976-yillarda Ivanovoning „Tekstilshchik“ jamoasiga murabbiylik qilgan.
Manbalar
Havolalar
Tekstilshchik jamoasining barcha murabbiylari
Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:Shaxtyor Donetsk futbolchilari Turkum:Spartak Kalinin klubi futbolchilari Turkum:FC Zimbru Chișinău futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Kopetdag futbol klubi murabbiylari