Britaniya Sharqiy Afrikasi yoki Sharqiy Afrika protektorati — Sharqiy Afrikadagi 1895-yildan 1920-yilgacha Britaniya protektorati boʻlgan hudud.
Tarixi 1870-yillardan boshlab Sharqiy Afrika Yevropa davlatlari, birinchi navbatda, Britaniya va Germaniya oʻrtasidagi raqobat obyektiga aylandi. 1886-yilda ular Sharqiy Afrikani boʻlish toʻgʻrisidagi bitim tuzdilar, unga koʻra hozirgi Keniya hududi Britaniyaning taʼsir doirasiga kirdi.
1890-yilda Britaniya va Germaniya „Zanzibar shartnomasi“ deb atalgan kelishuvni imzoladilar. Unga koʻra, britaniyaliklar Germaniyaga uning shimoliy sohilidagi Helgoland orolini berdi, Germaniyaning Tanganika (zamonaviy Tanzaniyaning materik qismi) ustidan huquqlarini tan oldi, buning evaziga esa Britaniya Keniya va Zanzibarga boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritdi.
1890-yildan boshlab inglizlar Keniyaning ichki hududlarida „oqlar“ uchun turar joy koloniyasiga asos solib, unumdor yerlarni jadal oʻzlashtira boshladilar. 1897—1901-yillarda Mombosadan Viktoriya koʻliga qadar temir yoʻl va aloqa liniyasi qurildi. Ingliz koʻchmanchilari yirik plantatsiya xoʻjaliklarini barpo etdilar, jumladan eksport ekinlari — choy, qahva va sizal yetishtirish uchun. Britaniyaliklar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, infratuzilma va boshqa korxonalarni tashkil etdi.
Yana qarang Britaniya Gʻarbiy Afrikasi
Vitu
Sharqiy Afrika kompaniyasi (Birinchi jahon urushi)
Sharqiy Afrika va Ugandadagi pochta va pochta markalari tarixi
Manbalar
Turkum: Britaniya imperiyasi