Aragusuku orollari (, Aragusuku-jima, yaeyama tilida: Panari) – Kamiji va Shimoji deb nomlangan ikki kichik orolchadan iborat. Ular Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi Yaeyama orollari tarkibiga kiradi.

Aragusukuda jami 15 nafar aholi yashaydi va ularning barchasi Kamiji orolida istiqomat qiladi. Shimoji esa qoramollar uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Aragusuku maʼmuriy jihatdan yaqinidagi Iriomote orolida joylashgan Taketomi shahri boshqaruvida. Orolga faqat turistik sayohatlar orqali borish mumkin.

Tarixi Aragusuku orollari 1879-yilgacha Ryukyu qirolligi tarkibida boʻlgan. Ryukyu davrida bu orollarda 700 nafargacha aholi yashagan. Ikkinchi jahon urushidan keyin, Aragusuku orollari Ryukyu orollari ustidan fuqarolik boshqaruvini olib borgan AQSh maʼmuriyati tasarrufiga oʻtgan va 1972-yilda Okinava bilan birga Yaponiyaga qaytarilgan.

Madaniyati Aragusuku orollari, Hamahiga singari, anʼanaviy turmush tarzini saqlab qolgani bilan mashhur. Mahalliy aholi orolni „パナリ (Panari)“ deb ataydi. Bu nom yaeyama tili aragusuku shevasida „ajratilgan“ yoki „alohida“ degan maʼnoni anglatadi. Yana qarang Yaeyama orollari Manbalar