Rafael Radikovich Urazbaxtin (; 1978-yil 20-noyabr, Olmaota, Qozogʻiston SSR, SSSR) – qozogʻistonlik futbolchi, hujumchi pozitsiyasida o'ynagan. Rafael 1998-yildan 2004-yilgacha Qozogʻiston milliy terma jamoasi safida toʻp surgan. Oʻyinchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik kasbi bilan shugʻullana boshlagan.
Futbolchilik faoliyati Klub Urazbaxtin oʻzining professional faoliyatini 1996-yilda Taldiqoʻrgʻanning „Qaynar“ jamoasida boshlagan. Keyingi yili Jezqozgʻonning „Ulitau“ jamoasida oʻynashni boshlagan, lekin 9 ta oʻyindan soʻng, liga yetakchisi „Qayrat“ klubiga oʻtgan.
2001-yilda Rossiya Premyer-ligasi ishtirokchisi „Rostselmash“ jamoasida oʻynay boshlagan. Biroq bir yildan keyin Qozogʻistonga qaytgan. 2003-yilda „Aktobe-Lento“ shartnoma imzolagan va klubning eng samarali hujumchisi bo'lgan. Shundan soʻng har yili u boshqa-boshqa jamoalarda oʻynagan va faqat 2010-yilda „Vostok“ jamoasida qolib, 2013-yil oxirigacha shu yerda oʻynagan.
Terma jamoadagi faoliyati
Urazbaxtin Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida ilk bor 1998-yil dekabrda Osiyo oʻyinlarida Eronga qarshi 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda maydonga tushgan. Oʻsha paytda u „Qayrat“ jamoasida toʻp surardiKazakhstan International Matches – Details 1992-1999 Retrieved 4 November 2011. U Osiyo oʻyinlarida Tailand va Livanga qarshi uchrashuvlarda ham ishtirok etib, har uch oʻyinda ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan. Rafael keyingi xalqaro chaqiruvni 2001-yil aprelgacha kutishiga toʻgʻri keldi. Oʻshanda u 2002-yilgi JCH saralashida Nepalga qarshi oʻynab, Qozogʻistonning 6:0 hisobidagi gʻalabasida uchinchi golni kiritdi. U 2002-yilgi JCH saralashida Makao va Iroqqa qarshi ham oʻynadi, soʻngra 21-aprelda Nepalga qarshi javob uchrashuvida yana gol urgan. Hujumchining Qozogʻiston terma jamoasidagi soʻnggi uch oʻyini 2006-yilgi JCH saralashida boʻlib oʻtgan: sentyabrda Ukrainaga, oktyabrda Albaniyaga va noyabrda Gretsiyaga qarshi.
1999-yil 3-oktyabrda Urazbaxtin 2000-yilgi Sidney Olimpiadasi ikkinchi bosqich saralash oʻyinida Tailandga qarshi maydonga tushdi. U 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda zaxiradan almashinuvga chiqdiMoving Image and Sound Archives Singapore: Thailand and Kazakhstan draw in Olympic qualifier Retrieved 5 November 2011. Oʻyin Olimpiada turniriga saralash bosqichi boʻlgani sababli, Qozogʻiston oʻzining 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini musobaqaga yubordiFootballinternational.co.uk – Olympic Games Australia 2000 Asian Zone Qualifying Retrieved 5 November 2011. Urazbaxtin oʻsha paytda atigi 20 yoshda boʻlgani uchun, u 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga chaqirilgan.
Oʻyin Sana Stadion Raqib Natija Musobaqa Gollar 1 1998-yil 1-dekabr Main stadioni, Bangkok M 2-0 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari 2 1998-yil 8-dekabr Rajamangala stadioni, Bangkok D 1-1 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari 3 1998-yil 12-dekabr Rajamangala stadioni, Bangkok M 3-0 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari 4 2001-yil 12-aprel Al-Shaab stadioni, Bagʻdod Gʻ 6-0 2002-yilgi jahon chempionati saralashi 1 FIFA.com – 2002 FIFA World Cup Korea/Japan – Nepal 0 Kazakhstan 6 Retrieved 4 November 2011 5 2001-yil 14-aprel Al-Shaab stadioni, Bagʻdod Gʻ 3-0 2002-yilgi jahon chempionati saralashi 6 2001-yil 16-aprel Al-Shaab stadioni, Bagʻdod D 1-1 2002-yilgi jahon chempionati saralashi 7 2001-yil 21-aprel Olmaota markaziy stadioni, Olmaota Gʻ 4-0 2002-yilgi jahon chempionati saralashi 1 FIFA.com – 2002 FIFA World Cup Japan/Korea – Kazakhstan 4 Nepal 0 Retrieved 4 November 2011 8 2001-yil 23-aprel Olmaota markaziy stadioni, Olmaota Gʻ 5-0 2002-yilgi jahon chempionati saralashi 9 2001-yil 25-aprel Olmaota markaziy stadioni, Olmaota D 1-1 2002-yilgi jahon chempionati saralashi 10 2004-yil 8-sentyabr Olmaota markaziy stadioni, Olmaota M 2-1 2006-yilgi jahon chempionati saralashi 11 2004-yil 13-oktyabr Olmaota markaziy stadioni, Olmaota M 1-0 2006-yilgi jahon chempionati saralashi 12 2004-yil 17-noyabr Karaiskakis stadioni, Pirey M 3-1 2006-yilgi jahon chempionati saralashi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Rostov futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:FC Kaisar jamoasi futbolchilari Turkum:FC Vostok futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Qozogʻiston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik futbol murabbiylari Turkum:Qayrat klubi murabbiylari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi murabbiylari