Vogue (barchasi katta harflar bilan yoziladi), shuningdek, American Vogue nomi bilan ham tanilgan oylik moda jurnali boʻlib, yuqori moda, goʻzallik, madaniyat, turmush tarzi va podium yangiliklari yoritiladi. Condé Nast ommaviy axborot vositalari kompaniyasining global VOGUE media toʻplamining bir qismi. Uzoq yillar davomida jurnalning bosh muharriri boʻlib kelgan Anna Wintour tez orada lavozimini tark etadi va uning oʻrnini Chloe Malle egallaydi va „Tahririy kontent rahbari“ga aylanadi. Biroq Wintour global darajada Vogue va Condé Nastning boshqa nashrlari hamda platformalarini nazorat qilishni davom etadi.
Vogue jurnali bosh ofisi Lower Manhattan hududidagi Ozodlik minorasi binosida joylashgan. Jurnal 1892-yilda haftalik gazeta sifatida chiqarila boshlagan, keyinchalik oylik jurnal shakliga oʻtgan. Asos solinganidan beri Vogue jurnali oʻz sahifalarida koʻplab aktyorlar, musiqachilar, modelllar, sportchilar va boshqa mashhur shaxslarni namoyish qilib kelmoqda.
British Vogue yaʼni Britaniya nashri 1916-yilda ishga tushirilgan boʻlib, Vogue jurnalining birinchi xalqaro tahririyati hisoblanadi. Italiyancha nashri hisoblanuvchi Vogue Italia esa dunyodagi eng nufuzli moda jurnali sifatida eʼtirof etilgan. 2025-yil mart oyi holatiga koʻra, Voguening 28 ta xalqaro nashri mavjud. Ulardan 11 tasi Condé Nast tomonidan bevosita chop etilad. Ular: British Vogue, Vogue Arabia, Vogue Hong Kong, Vogue Deutsch, Vogue España, Vogue France, Vogue India, Vogue Italia, Vogue Japan, Vogue México y Latinoamérica va Vogue Taiwan. Qolgan 16 ta nashr esa Vogue litsenziyasi asosida chop etiladi.
Tarixi Vogue Amerika modasi va madaniyatiga oid jurnal hisoblanadi. Jurnal yiliga 10 marta nashr etiladi, bunda yanvar/fevral (qishki) va iyun/iyul (yozgi) sonlari qoʻshma holda chiqariladi.
Dastlab Vogue haftalik nashr sifatida chiqarila boshlangan, keyinchalik 1910-yildan boshlab ikki haftada bir marta chop etilgan (1910–1944-yillarda yiliga 24 ta son, 1945-yilda 22 ta son, 1946–1947-yillarda yiliga 23 ta son, 1948–1972-yillarda yiliga 20 ta son). 1973-yildan jurnal oylik nashrga aylangan va yiliga 12 ta soni chop etilgan. 2020-yildan iyun va iyul sonlari qoʻshib chiqarila boshlandi, 2023-yildan esa yanvar va fevral sonlari ham birlashtirildi.
Jurnal 1892-yilda Arthur Baldwin Turnure tomonidan asos solingan, 1909-yilda esa hozirgi noshir Condé Nast uni sotib olgan.
Aylanmasi +Umumiy aylanmalar (AQSh va xalqaro miqyosda)Yil2018201920202021202220232024Aylanma1,230,1011,221,2591,230,8941,239,2121,268,9361,250,8451,232,134
Muharrirlar +MuharrirBoshlangan yiliTugagan yiliManbalarVogue (1892–present)Josephine Redding18921901Marie Harrison19011914Edna Woolman Chase19141952Jessica Daves19521962Diana Vreeland19631971Grace Mirabella19711988Anna Wintour19882025Chloe Malle2025presentVogue Knitting (1932–1969)Judy BrittainRuth Seder CookeHelen Catchings Murray1962 or 1963Patricia Boyle1962 or 19631969Teen Vogue (2003–present)Amy Astley20022016Elaine Welteroth20162018Lindsay Peoples Wagner20182021Alexi McCammond20212021Versha Sharma2021presentMenʼs Vogue (2005–2009)Jay Fielden20052009
Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:1892-yilda tashkil etilgan jurnallar Turkum:Moda jurnallari Turkum:Ayollar moda jurnallari Turkum:AQShdagi oylik jurnallar Turkum:Nyu-York shahrida nashr qilinadigan jurnallar Turkum:Vogue (jurnal)