Yunus Abdulsalom Ahmad (1996-yilda tugʻilgan) – mustaqil Yamanlik jurnalist boʻlib, 2021-yil 4-avgustdan buyon hibsda saqlanmoqda.

Hayoti Yunus 1996-yilda Taiz muhofazotida tugʻilgan. U 2016-yilda Sano universitetining Ommaviy axborot vositalari fakultetini tamomlagan. 2021-yilda u ikki hafta davomida yoʻqolib qolgan, soʻngra uning advokati va himoya guruhi Yunusning 2021-yil 4-avgustdan boshlab husiylar nazoratidagi Sano Xavfsizlik va Razvedka Xizmati tomonidan hibsda saqlanayotgani va uning holati yomonlashayotganini oshkor qilgan. Amnesty International husiylar Yunusni hech qanday ayblovsiz oʻzboshimchalik bilan hibsga olganliklarini aytib, uni shartsiz ozod qilishni soʻragan. Uning advokati, Yunusning holati yomon boʻlishiga qaramay, husiylar uni ozod qilishdan bosh tortayotganliklarini aytgan. 2020-yil avgust oyida Yunus bir hafta davomida Janubiy Oʻtish Kengashiga sodiq qoʻshinlar tomonidan Abiyan muhofazotida hibsga olingan edi.

Manbalar